Guli sumbul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guli sumbul, giatsint, xiatsint (Hyacinthus) — piyozguldoshlar (lolagullilar oilasi)ga mansub bir yillik oʻsimlik; eqiladigan gul. Rangbarangligi, gultoʻdalarining chiroyli tuzilishi, yoqimli hidi, manzarali ekin sifatida piyozli gullar qatoriga kiradi. G. piyozlari dumaloq, yassi, yapaloq. Barglari choʻzinchoq, lentasimon, sal bukilgan, uz. 35 sm, kengligi 3 sm, gul poyasining uz. 35—40 sm, gultoʻpi 10—25 sm, gullarining soni 25— 35 tagacha boradi. Gulining diametri 2— 3,5 sm, naysimon, qoʻngʻiroqsimon shaklda. Gul shodasining boʻlaklari bukilgan, baʼzan toʻgʻri. Okt. oyida ekilib, martapr.da gullaydi. Onalik piyozi atrofida hosil boʻlgan piyozchalar bilan koʻpayadi. Osiyo, Yevropa va Shimoliy Afrikada 30 turi oʻsadi. Shulardan 3 tasi Oʻrta Osiyo togʻlarida uchraydi. Guli xushbuy va oddiy qatqat turi (N. orientalis) koʻproq tarqalgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil