Guldara (Vahdat tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guldara
Tojikistonning respublikaga boʻysunuvchi tumanlari
Mamlakat Tojikiston
Tuman Vahdat
Rasmiy til(lar)i tojikcha
Aholisi
273 nafar (2 017)
Milliy tarkib Tojik
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992 3136
Avtomobil kodi TJ08

Guldara (2004-yilgacha boʻlgan nomi Chagʻatoydara) — Vahdat tumani, Karim Ismoilov QFYga qarashli qishloq. Guldaradan shahar markazigacha boʻlgan yoʻl 13 km dan iborat. Qishloq aholisi 273 nafar tojikni tashkil qiladi (2017).

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq 1932-yilda tashkil topgan. Aholining asosiy qismi Koʻlob va Sarihosar viloyatlaridan koʻchib kelib, qishloqda qoʻnim topgan.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guldarada boshlang‘ich maktab, masjid, xususiy savdo markazi, kichik fermer xo‘jaligi bor. Iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari: sabzavotchilik, chorvachilik va gʻallachilik. Yerlar Guldara daryosi orqali sugʻoriladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tojikiston Respublikasining maʼmuriy boʻlinishi D : SIEMT, 2017. — 580 b. — ISBN 978-99947-33-68-2