Gugurttogʻ oltingugurt koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gugurttogʻ Oltingugurt Konidan yoʻnaltirildi)

Gugurttogʻ oltingugurt koni (turkmancha — Gyugurtdagʻ) — Turkmanistonning jan.-sharqidagi kon, Koʻhitang togʻining gʻarbiy etagida, Amudaryodan shim.roqda, Mukri (Turkmaniston) temir yoʻl stansiyasi yaqinida joylashadi. Konning oltingugurt zaxirasi dastlab 1928—30 yillarda aniqlangan. 1950-yillarda G. o. k.da yirik tuz koni (kaliy va osh tuzlari) razvedka qilindi. Ayni paytda G. o. k.dan sof oltingugurt va kaliy tuzi olinmoqda. G. oltingugurt konining hosil boʻlishi toʻgʻrisida olimlar oʻrtasida turli fikrlar mavjud. Konda oltingugurt yuqori yura davrida dengiz ostida anaerob (kislorodsiz) muhitda oltingugurt hosil qiluvchi bakteriyalar yordamida paydo boʻlgan yoki kimyoviy yoʻl bilan ohaktoshlar tarkibidagi yer osti neft suvlarining atmosfera suvlariga qoʻshilishidan hosil boʻlgan degan fikrlar bor. G. o. k. oltingugurt hosil boʻlish sharoitlariga koʻra, Ukrainadagi Rudatskiy va AQShning Meksika sohillaridagi konlarga juda oʻxshash.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil