Gudon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gudon, Udon (Houdon) Jan Antuan (1741.20.3, Versal — 1828.15.7, Parij) — fransuz haykaltaroshi, Yevropa haykal portreti sanʼatining yirik namoyandasi. Parijdagi nafis sanʼat maktabida oʻqituvchi (1805 — 23). Plastik anatomiyami chuqur oʻrganib, anatomik haykal yaratdi (1767), bu haykal qoz. kunda ham badiiy oʻquv yurtlarida (shu jumladan Oʻzbekistonda) koʻrgazmali qurol sifatida qoʻllaniladi. "Diana" (gips, 1776) haykali G.ga katta shuhrat keltirgan; J.J. Russo (gips, 1778), Volter (marmar byust, 1778; marmar haykal, 1781), O. Mirabo (terrakota, 1791) va b. portretlar muallifi. G. portretlaridagi oʻtkir va koʻp qirrali psixologik tavsifning oʻziga xosligi, portretdagi maʼnoli qarashlar bevosita tomoshabinga qaratilganligi bilan diqqatni tortadi. Ayniqsa ayollar va bolalar qiyofasi sodda va tabiiyligi bilan ajralib turadi ("Rafiqam portreti", gips, 1787, Luvr va b.). G. fransuz inqilobi namoyandalari va maʼrifatparvarlarining yorqin qiyofalarini yaratgan. Asarlari Luvr (Parij) va b. muzeylarda saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil