Yekaterina Gudkova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gudkova Yekaterina Akimovnadan yoʻnaltirildi)

Yekaterina Akimovna Gudkova (1928.26.1, Toshkent) — xor dirijyori, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1950). Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida (1947—56), Toshkent konservatoriyasida (1953-yildan) oʻqituvchi, dotsent (1967-yildan), xor dirijyorligi kafedrasi mudiri (1979—88). Oʻzbekistonda xor sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil