Guanidin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Guanidin, (NH,)2C=NH - rangsiz kristall. Kuchli ishqor, ishqoriy metallar gidroksidlariga yaqin turadi mol. m. 59,07 suyuqlanish t-rasi 50°. Gigroskopik, havodan SO2 va suvni yutib yumshaydi. G. suvda gidrolizlanib mochevina hosil qiladi. (29°da 20 soʻtkada 50% gacha). Kislotalar bilan reaksiyaga kirishib gidrolizga chidamli tuzlar hosil qiladi. Oson alkillanadi, ishqorlar ishtirokida kislotalar efirlari taʼsirida atsillanadi. Sanoatda G. va uning tuzlari tegishli ammoniy tuzlarini mochevina yoki izianoguanidin bilan birga qizdirish, shuningdek, sianguanidinning suvdagi eritmasini gidrogenoliz qilish yoʻli bilan olinadi. G. hosilalari faol bakteritsid va fungitsidlar. G. pirimidin, oksazol va b. birikmalar sintezida xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Tuzlari sanoatda surkov moylarida qoʻshimcha, korroziya ingibitorlari, bogʻlovchi moddalar sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil