Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Guam sharafini himoya qiladigan ayollar vakililik futbol jamoasidir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi 1996-yilda Guam futbol assotsiatsiyasi FIFAning toʻliq aʼzosi maqomiga ega boʻlganidan keyin FIFAga aʼzo davlat terma jamoasi (Gongkong) ustidan birinchi marta gʻalaba qozondi. Teylor Dervish va Kelly Hogan Morphylar 1999-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 1999-yil 11-noyabrda Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi safida Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda 55 va 60-daqiqalarda gol urishgan edi. Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi 1997-yildan 2006-yilgacha boʻlgan davrda Osiyoning eng nufuzli ayollar turnirlarining har birida uzliksiz qatnashib kelgan.

Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi 2003-yilda Fijining Suva shahrida boʻlib oʻtgan Janubiy Tinch okeani oʻyinlarida bosh murabbiy Tom Renfro qoʻl ostida kumush medalni qoʻlga kiritganidan soʻng, 2003-yilda FIFA/Coca-Cola ayollar oʻrtasidagi reytingda eng yuqori oʻrinni qoʻlga kiritdi[1].

2012-yilda bosh murabbiy Elias Merfalen boshchiligida Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi 2013-yilda Guamda boʻlib oʻtadigan EAFF Sharqiy Osiyo kubogi dastlabki musobaqasining 1-raundi oldidan mahalliy chamorro tilida „Jasur ayol“ degan maʼnoni anglatuvchi „Masakåda“ taxallusini rasman qabul qildi[2]. 2012-yil iyul oyida LeoPalace Resortdagi oʻyinda Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi shu taxallus ostida maydonga tushdi. Dastlabki davra oʻyinlarida Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[3].

2014-yilda bosh murabbiy Sang Hoon Kim qoʻl ostida Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi EAFF turnirining 2-raundiga yoʻllanma oldi. Bunda Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi avvaliga Shimoliy Mariana orollarini 7:0 hisobida magʻlub etdi, keyin esa FIFAga aʼzo boʻlgan 11 davlatga qarshi oʻzining oʻyinlaridagi eng yirik hisobdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi: Makao ayollar milliy futbol terma jamoasini ustidan 11-0 hisobidagi gʻalaba. Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi vakili Samanta Kaufman turnirning eng yaxshi oʻyinchi mukofotini qoʻlga kiritdi va uning jamoadoshi Peige Surber turnirning Oltin butsa mukofotiga sazovor boʻldi[4].

2016-yilda bosh murabbiy Mark Chargualaf qoʻl ostida Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Shimoliy Mariana orollari va Makao ayollar terma jamoalari ustidan ketma-ket 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, yana EAFF turnirining 2-raundiga yoʻllanma oldi. Xuddi oldingi safargidek Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi vakili Samanta Kaufman turnirning eng yaxshi oʻyinchi mukofotini qoʻlga kiritdi va uning jamoadoshi Peige Surber turnirning Oltin butsa mukofotiga sazovor boʻldi[5].

Keyinroq jamoa bosh murabbiy Belinda Uilson (AUS) qoʻl ostida turnirning 2-turi uchun Gonkongga yoʻl oldi. Keyinchalik Uilson 2017-yildan 2019-yilgacha Guam futbol assotsiatsiyasining texnik direktori etib tayinlandi.

Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi EAFF E-1 Futbol chempionatining dastlabki musobaqasining 1-raundida ishtirok etdi va turnirda eng koʻp gol urgan va raqiblariga eng kam gol urishga imkon bergan jamoa boʻlganiga qaramay, mezbon Moʻgʻulistondan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[6].

Jamoa tasviri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa taxallusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi „Masakåda“ sifatida tanilgan.

Jamoaning uy stadioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Hagatna shahridagi Guam milliy futbol stadionida oʻtkazadi.[7] Ushbu stadion 1000 kishilik sigʻimga ega[8].

Guam ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 24-sentabr holatiga koʻra

Lavozimi Millati Ismi Man.
Bosh murabbiy GuamFilippin Ross Awa [9]
Jamoa menejeri Guam Chyna Ramirez
Uskunalar menejeri Guam Keleko Fejeran
Yuqori samaradorlik menejeri Rossiya Pavel Gubenko
Uskunalar menejeri Guam Thomas Castro
OAV xodimi Guam Jill Espiritu

Bosh murabbiylar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 24-sentabr holatiga koʻra

Millati Ismi Murabbiylik davri Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gʻalaba koʻrsatkichi
GuamFilippin Ross Awa[10] 2021 — hozirgi kungacha 0 0 0 0 00,0 %

Guam ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi futbolchilar 2021-yil 14-24-oktabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtgan AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushishgan[11]. 2022-yil 24-sentabr holatiga koʻra:

Raqami Pozitsiyasi Futbolchi Tavalludi (yoshi) Oʻtkazgan oʻyinlar Gollar Klubi
1 1Darvozabon Kiarra Hutcherson (2003-03-13) Mart 13, 2003 (yoshi 19) 3 0 Guam Bank of Guam Strykers
18 1Darvozabon Tristyana Santos (2004-04-01) Aprel 1, 2004 (yoshi 18) 0 0 Guam Rovers FC
21 1Darvozabon Gabrielle Moser (2005-06-22) Iyun 22, 2005 (yoshi 17) 0 0 Guam Bank of Guam Strykers

4 2Himoyachi Ariya Cruz (Jamoa sardori) (1999-01-09)Yanvar 9, 1999 (yoshi 23) 4 0 Guam Bank of Guam Strykers
3 2Himoyachi Sabrina Kenney (2001-04-16) Aprel 16, 2001 (yoshi 21) 3 0 Guam Bank of Guam Strykers
2 2Himoyachi Emma Foley (2003-11-12)Noyabr 12, 2003 (yoshi 18) 2 0 Guam Nomaʼlum
5 2Himoyachi Samantha Kenney (2004-01-18)Yanvar 18, 2004 (yoshi 18) 2 0 Guam 'Bank of Guam Strykers
13 2Himoyachi Hikaru Minato (1994-06-25) Iyun 25, 1994 (yoshi 28) 3 0 Guam Bank of Guam Strykers
12 2Himoyachi Richelle Ragadio (2001-08-11) Avgust 11, 2001 (yoshi 21) 1 0 Guam Bank of Guam Strykers
22 2Himoyachi Spenser Jaye (1996-01-16)Yanvar 16, 1996 (yoshi 26) 0 0 Guam Nomaʼlum

10 3Yarim himoyachi Caylani Estoy (2000-02-21) Fevral 21, 2000 (yoshi 22) 2 0 Guam Quality Distributors FC
17 3Yarim himoyachi Hannah Cruz (2001-01-14)Yanvar 14, 2001 (yoshi 21) 4 0 Guam Guam Shipyard
8 3Yarim himoyachi Inyssa Perez (1994-07-22) July 22, 1994 (yoshi 28) 10 2 Guam Nomaʼlum
23 3Yarim himoyachi Shyann Roberto (2002-01-10)Yanvar 10, 2002 (yoshi 20) 3 0 Guam Guam Shipyard
6 3Yarim himoyachi Yae Kawauchi (2000-01-24)Yanvar 24, 2000 (yoshi 22) 5 0 Guam Quality Distributors FC
16 3Yarim himoyachi Olivia Haddock (2005-12-31) Dekabr 31, 2005 (yoshi 16) 0 0 Guam Bank of Guam Strykers
14 3Yarim himoyachi Jenna Merrill (1992-04-22) Aprel 22, 1992 (yoshi 30) 4 1 Guam Nomaʼlum

7 4Hujumchi Colleen Naden (1999-06-10) Iyun 10, 1999 (yoshi 23) 4 0 Guam Guam Shipyard
11 4Hujumchi Brianne Leon Guerrero (2001-05-14) May 14, 2001 (yoshi 21) 1 0 Guam Guam Shipyard
9 4Hujumchi Elisha Benavente (1996-01-20)Yanvar 20, 1996 (yoshi 26) 2 0 Guam Bank of Guam Strykers
15 4Hujumchi Franshay Shippey (1998-03-23) Mart 23, 1998 (yoshi 24) 1 0 Guam Quality Distributors FC
19 4Hujumchi Aprel Talledo (1996-04-19) Aprel 19, 1996 (yoshi 26) 2 1 Guam Guam Shipyard
20 4Hujumchi Asia Jackson (2001-07-31) July 31, 2001 (yoshi 21) 0 0 Guam Corban Women's

Xalqaro musobaqalarda Guam ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Guam ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Xitoy 1991-yildanShvetsiya 1995-yil Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
Qoʻshma Shtatlar 1999-yildanXitoy 2007-yil Saralashdan oʻta olmadi
Germaniya 2011-yildanFransiya 2019
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil
Jami

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Guam ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Gonkong 1975-yildanXitoy Taypeyi 1995-yil Guam ayollar terma jamoasi yoʻq edi
Xitoy 1997-yil Guruh bosqichi 3 0 0 3 0 32 −32
Filippin 1999-yil Guruh bosqichi 4 1 0 3 2 31 −29
Xitoy Taypeyi 2001-yil Guruh bosqichi 4 0 0 4 1 34 −33
Tailand 2003-yil Guruh bosqichi 4 0 0 4 2 15 −13
Avstraliya 2006-yil Saralashdan oʻta olmadi
Vyetnam 2008-yildanIordaniya 2018 Kiritilmadi
Hindiston 2022 Saralashdan oʻta olmadi
Jami 4/19 15 1 0 14 5 112 −107

EAFF E-1 futbol chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

EAFF E-1 chempionatida Guam ayollar terma jamoasining natijasi Dastlabki raundda Guam ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
EAFF ayollar chempionati
Janubiy Koreya 2005-yil Kiritilmadi Kiritilmadi
Xitoy 2008-yil Saralashdan oʻta olmadi 3 0 0 3 1 13
Yaponiya 2010-yil 4 1 0 3 5 21
EAFF ayollar oʻrtasidagi Sharqiy Osiyo kubogi
Janubiy Koreya 2013-yil Saralashdan oʻta olmadi 2 1 0 1 9 4
Xitoy 2015-yil 5 2 0 3 18 22
EAFF E-1 chempionati (ayollar)
Yaponiya 2017-yil Saralashdan oʻta olmadi 5 2 0 3 11 22
Janubiy Koreya 2019 3 1 1 1 5 1
Yaponiya 2022 Ishtirok etmadi Oʻtkazilmagan
Jami 0/7 0 0 0 0 0 0 22 7 1 14 49 83

Tinch okeani oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tinch okeani oʻyinlarida Guam ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Fiji 2003-yil Ikkinchi oʻrin 6 3 2 1 8 2 +6
Samoa 2007-yil Kiritilmadi
Fiji 2011-yil Guruh bosqichi 3 0 2 1 2 3 −1
Papua Yangi Gvineya 2015-yil Kiritilmadi
Samoa 2019
Jami 2/5

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „South Pacific Games 2003 (Fiji) – Tournament Details“. www.rsssf.com. Qaraldi: 19-oktabr 2020-yil.
  2. „EAFF WOMEN'S FOOTBALL CHAMPIONSHIP 2008 Preliminary Competition -MATCH-“. eaff.com. Qaraldi: 19-oktabr 2020-yil.
  3. „Hong Kong nip Guam 4–3 to win women's tourney“ (inglizcha). Guam Football Association. Qaraldi: 19-oktabr 2020-yil.
  4. „RESULTS | EAFF East Asian Cup 2015 & EAFF Womenʼs East Asian Cup 2015 Preliminary Competition Round 1 in Guam“. eaff.com. East Asian Football Federation. Qaraldi: 19-oktabr 2020-yil.
  5. „EAFF E-1 FOOTBALL CHAMPIONSHIP 2017 ROUND 1 GUAM“ (inglizcha). EAFF : EAST ASIAN FOOTBALL FEDERATION. Qaraldi: 19-oktabr 2020-yil.
  6. „EAFF E-1 Football Championship 2019 Preliminary Round 1 Mongolia“ (inglizcha). EAFF : EAST ASIAN FOOTBALL FEDERATION. Qaraldi: 19-oktabr 2020-yil.
  7. „Guam – Guam – Results, fixtures, squad, statistics, photos, videos and news – Women Soccerway“. us.women.soccerway.com. Qaraldi: 8-dekabr 2020-yil.
  8. „Guam National Football Stadium, Hagåtña (Guam) – Data“ (inglizcha). worldfootball.net. Qaraldi: 8-dekabr 2020-yil.
  9. FIFA.com. „Member Association - Guam - FIFA.com“ (inglizcha). www.fifa.com. Qaraldi: 27-sentabr 2021-yil.
  10. GuamFa.com. „Member Association - Guam - GuamFa.com“ (inglizcha). www.fifa.com. Qaraldi: 24-sentabr 2021-yil.
  11. „23 called up to Masakåda for return to AFC Women's Asian Cup“ (inglizcha). GFA. Qaraldi: 12-oktabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]