Kontent qismiga oʻtish

Gripp A virusi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gripp A virusi

Gripp A virusi[1] (inglizcha: Influenza A virus, IAV) — odamlarda mavsumiy grippni keltirib chiqaruvchi shtammlarga ega patogen virus. U, shuningdek, qushlar va ayrim sutemizuvchilarni ham zararlashi mumkin[2][3][4]. Shuningdek, u bir qator pandemiyalarga, xususan, 1918–1920-yillardagi ispan grippi pandemiyasiga sabab boʻlgan.

Gripp A virusining kenja turlari virus sirtidagi immunitet reaksiyasini qoʻzgʻatuvchi molekulalar birikmasiga qarab aniqlanadi. Masalan, „H1N1“ 1-turdagi gemagglyutinin (H) va 1-turdagi neyraminidaza (N) oqsillariga ega kenja turni anglatadi[5]. Kenja turlar orasidagi oʻzgarishlar virusning qanchalik oson tarqalishi, kasallikning ogʻirlik darajasi va uning turli organizmlarni zararlash qobiliyatiga taʼsir koʻrsatadi[6][7]. Virus mutatsiya va genetik qayta birikish orqali oʻzgarib boradi, bu esa unga immunitetdan qochish va vaqti-vaqti bilan turlararo oʻtish imkonini beradi[8][9].

Odamlarda uchraydigan mavsumiy gripp belgilari odatda isitma, yoʻtal, tomoq ogʻrigʻi va mushaklardagi ogʻriqlarni oʻz ichiga oladi[10]. Ogʻir holatlarda esa nafas olish bilan bogʻliq muammolar va oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan pnevmoniya kuzatiladi. Odamlarga parranda yoki cho‘chqa grippi shtammlari kamdan-kam hollarda, asosan, kasallangan hayvonlar bilan yaqin muloqot natijasida yuqishi mumkin[11][12]. Uning belgilari yengildan tortib oʻlim bilan yakunlanadigan ogʻir holatlargacha farqlanadi. Virusning qushlarga moslashgan shtammlari baʼzi suv parrandalarida alomatlarsiz kechishi, biroq tovuq kabi boshqa turlarga tarqalsa, oʻlimga sabab boʻlishi mumkin[13].

Parrandalarda emlash orqali Gripp A virusi kasalligining oldini olish mumkin, biroq karantin, ajratib boqish va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish kabi bioxavfsizlik choralari afzalroq sanaladi[14][15]. Odamlarda emlash orqali mavsumiy grippning oldini olish yoki kasallikning ilk bosqichlarida virusga qarshi dorilar bilan davolash mumkin[16]. Grippni nazorat qilish va unga javob berish global tizimi (GISRS) butun dunyo boʻylab gripp tarqalishini kuzatib boradi hamda mavsumiy va pandemik vaksinalarni ishlab chiqish uchun maʼlumotlar taqdim etadi[17]. GISRS tarmogʻi har yili 127 mamlakatdagi laboratoriyalar orqali bir necha million namunani tekshiruvdan oʻtkazadi. GISRS odam viruslari bilan bir qatorda, odamlarga yuqishi mumkin boʻlgan parranda, choʻchqa va boshqa turdagi gripp viruslarini ham nazorat qiladi. Gripp A virusi vaksinalari virusdagi oʻzgarishlarga moslashib borishi uchun muntazam ravishda yangilanib turishi lozim[18].

Taksonomiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gripp A virusi yoki IAV (ilmiy nomi — Alphainfluenzavirus influenzae)[19] Orthomyxoviridae viruslar oilasi Alphainfluenzavirus turkumining yagona turidir[20].

Tasniflashning ikki usuli mavjud: birinchisi antigen sirt oqsillariga, ikkinchisi esa uning xususiyatlariga[21], asosan, tashuvchi hayvonga asoslanadi.

Kichik turlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Virus qobigʻi yuzasida ikkita antigen oqsil — gemagglyutinin va neyraminidaza mavjud[22]. Serotipiga koʻra, gemagglyutininning 18 ta va neyraminidazaning 11 ta maʼlum turi bor[23][24]. Gripp A virusining kichik turlari H va N oqsillarining birikmasiga qarab tasniflanadi. Masalan, „H5N1“ atamasi 5-tur gemagglyutinin (H) va 1-tur neyraminidaza (N) oqsiliga ega boʻlgan Gripp A kichik turini bildiradi.

Taʼrifga koʻra, kichik turlarga ajratish tizimi genom tomonidan kodlanadigan sakkiz yoki undan ortiq qoʻshimcha oqsillarni emas, balki faqatgina ikkita tashqi oqsilni hisobga oladi[25]. Yovvoyi qushlardan H (1 dan 16 gacha) va N (1 dan 11 gacha) oqsillarining deyarli barcha mumkin boʻlgan birikmalari ajratib olingan[26]. H17 va H18 turlari esa faqat koʻrshapalaklarda aniqlangan[27]. Virus kichik turlari doirasida ham oʻzgaruvchanlik mavjud boʻlib, bu ularning xususiyatlarida sezilarli farqlarni keltirib chiqarishi mumkin[28].

  1. „What You Should Know About Influenza“. Apollo Hospitals. Hindiston: Apollo Hospitals. Qaraldi: 2026-yil 5-avgust.
  2. „Influenza (Seasonal)“. World Health Organization. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  3. „A Brief Introduction to Influenza A Virus in Marine Mammals“, Animal Influenza Virus, Methods in Molecular Biology (Clifton, N.J.), 2020 429–450-bet. DOI:10.1007/978-1-0716-0346-8_33. ISBN 978-1-0716-0345-1. 
  4. „Influenza A Subtypes and the Species Affected“. U.S. Centers for Disease Control and Prevention (CDC) (2024-yil 13-may). 2023-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  5. „Influenza Type A Viruses“. U.S. Centers for Disease Control and Prevention (CDC) (2024-yil 1-fevral). Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  6. „Types of Influenza Viruses“. U.S. Centers for Disease Control and Prevention (CDC) (2023-yil 30-mart). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  7. „Avian Influenza Type A Viruses“. U.S. Centers for Disease Control and Prevention (CDC) (2024-yil 11-iyun). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  8. "Evolution of Influenza A Virus by Mutation and Re-Assortment". International Journal of Molecular Sciences 18 (8): 1650. August 2017. doi:10.3390/ijms18081650. PMID 28783091. PMC 5578040. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5578040.
  9. "At the centre: influenza A virus ribonucleoproteins". Nature Reviews. Microbiology 13 (1): 28–41. January 2015. doi:10.1038/nrmicro3367. PMID 25417656. PMC 5619696. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5619696.
  10. „Flu“. National Health Service (2017-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  11. „Avian influenza: guidance, data and analysis“. GOV.UK (2021-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  12. „Swine influenza in humans“. European Centre for Disease Prevention and Control (ECDC) (2017-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  13. "The ecology and adaptive evolution of influenza A interspecies transmission". Influenza and Other Respiratory Viruses 11 (1): 74–84. January 2017. doi:10.1111/irv.12412. PMID 27426214. PMC 5155642. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5155642.
  14. „Avian influenza (bird flu)“. European Medicines Agency (2024-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  15. „Avian influenza (bird flu) vaccination“. UK Government – Department for Environment Food & Rural Affairs (2023-yil 5-iyun). Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  16. „What You Should Know about Flu Antiviral Drugs“. U.S. Centers for Disease Control and Prevention (CDC) (2024-yil 20-mart). 2024-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  17. Historical Dictionary of the World Health Organization. Rowman & Littlefield, 2013. ISBN 978-0-8108-7858-7. 
  18. „70 years of GISRS – the Global Influenza Surveillance & Response System“. World Health Organization (2022-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  19. „Current ICTV Taxonomy Release“. ICTV. Qaraldi: 2025-yil 28-fevral.
  20. „Taxonomy“. International Committee on Taxonomy of Viruses (ICTV). 2020-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyul.
  21. "Serological characteristics of a "new" serotype of influenza A virus: the Hong Kong strain". Bulletin of the World Health Organization 41 (3): 461–468. 1969. PMID 5309456. PMC 2427714. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2427714.
  22. "Subtyping influenza A virus with monoclonal antibodies and an indirect immunofluorescence assay". Journal of Clinical Microbiology 50 (2): 396–400. February 2012. doi:10.1128/JCM.01237-11. PMID 22075584. PMC 3264186. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3264186.
  23. „Influenza Type A Viruses and Subtypes“. U.S. Centers for Disease Control and Prevention (CDC) (2013-yil 2-aprel). 2021-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-iyun.
  24. "New world bats harbor diverse influenza A viruses". PLOS Pathogens 9 (10). October 2013. doi:10.1371/journal.ppat.1003657. PMID 24130481. PMC 3794996. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3794996.
  25. "At the centre: influenza A virus ribonucleoproteins". Nature Reviews. Microbiology 13 (1): 28–41. January 2015. doi:10.1038/nrmicro3367. PMID 25417656. PMC 5619696. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5619696.
  26. „FluGlobalNet – Avian Influenza“. science.vla.gov.uk. Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  27. „Influenza A Subtypes and the Species Affected“. U.S. Centers for Disease Control and Prevention (CDC) (2024-yil 17-iyun). Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  28. „Influenza Virus Genome Sequencing and Genetic Characterization“. U.S. Centers for Disease Control and Prevention (CDC) (2024-yil 27-fevral). 2024-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
Rasmiy manbalar
Umumiy maʼlumotlar