Aleksandr Grinberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Grinberg Aleksandr Mixaylovichdan yoʻnaltirildi)

Aleksandr Mixaylovich Grinberg (1924.19.6, Odessa — 1997.3.7, Toshkent) — aktyor va rejissyor Oʻzbekistan xalq artista (1974). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan (1949). 1955-yildan Samarqand rus drama teatrida aktyor va rejissyor, 1964 — 87 yillar bosh rejissyor 1987-yildan Toshkent davlat madaniyat institutida dotsent. Eng yaxshi rollari: Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Osvald ("Arvoh"), Rustam ("Paranji sirlari"), Hamlet ("Hamlet"), Arbenin ("Maskarad"), Mirzo Ulugʻbek ("Mirzo Ulugʻbek"), Devyatoye ("Imzo") va boshqalar. Sahnalashtirgan eng yaxshi spektakllari: "Jalalar oraligʻida", "Amerika fojiasi", "Momaqaldiroq", "Qizbuloq", "Quturgan pullar" "Vanya togʻa". "Medeya", "Krechinskiyning toʻyi", "Qiyomat qarz" va boshqalar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil