Grilparser Frans

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GRILPARSER (Grillparzer ) Frans (1791.15.1 - Vena - 1872.21.1) - Avstriya dramaturgi. Avstriya zamonaviy adabiyoti asoschilaridan. Sheʼr va epigrammalar, realistik novellalar ("Qashshoq musiqachi", 1848) yaratgan. G. asosan dramaturg sifatida shuhrat qozongan. "Avlod onasi" (1817), mifologik mavzu asosidagi "Safo" (1818), "Oltin poʻstin" (1821),"Dengiz va sevgi toʻlqinlari" (1831), milliy-tarixiy mavzudagi "Qirol Ottokarning buyukligi va inqirozi" (1825), "Xoʻjasining sodiq quli" (1828), "Yolgʻonchining jazosi" (1838), "Gabsburglar xonadonida aka-ukalar janjali" (1850), realistik ruhdagi "Toledolik yahudiy ayol" (1855) kabi fojiaviy asarlarida teskarichi guruxlarning rasmiyatchilik tartiblarini qoralagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil