Grigoriy Yefimovich Grumm-Grjimaylo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grigoriy Yefimovich Grumm-Grjimaylo [1860.5(17).2, Peterburg — 1936.3.3, Sankt-Peterburg] — rus geografi, sharqshunos. Oʻrta Osiyo va Markaziy Osiyoni tadqiq qilgan sayyoh. Rossiyada xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1928). 192031 yillarda sobiq Ittifoq geografiya jamiyatining vitseprezidenti. 188487 yillarda Olay, Pomir, Tyanshan togʻlari, Qashqar, Qoraqurumga sayohat qilgan. 188990 yillarda Markaziy Osiyoni oʻrganish ekspeditsiyasiga rahbarlik qilib, tadqiqotlar olib borilgan joylarning tarixiy-etnografik tavsifini yozgan. Ekspeditsiya davrida Turfon choʻkmasi chuqurligini (— 130 m, hozirgi zamon maʼlumotlariga koʻra — 154 m) aniqladi. 1903—1914-yillarda bir necha marta Mongoliya gʻarbiga, Tuva (oʻsha vaqtdagi Uryanxay oʻlkasi), Uzoq Sharq va b. joylarga sayohat qildi va ekspeditsiyalar uyushtirdi. Asarlari tarixiy geografiya va etnografiyaga bagʻishlangan. G. nomiga Sixote-Alin togʻlaridagi dovon, Pomirda oʻzi kashf qilgan muzlik va Bogdo-Oʻla togʻidagi muzlik qoʻyilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil