Grigoriy Mixaylovich Rudakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Grigoriy Mixaylovich Rudakov (1925.25.9, Qarshi —1991.21.1, Toshkent) — muhandismexanik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1975), VASXNIL akademik (1972), professor (1970). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan mexanizator (1964). Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan (1950). Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya rahbari, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1953—72 va 1975 dan); VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi akad.kotibi (1972—75). Ilmiy ishlari yangi qishloq xoʻjaligi mashinalarini yaratish va joriy qilish, tuproqni ishlash texnologiyasi, oʻgʻit va gerbitsidlarni qoʻllash, paxtachilikda mashinalar sistemasini ishlab chiqish va prognozlash masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir]

  • Mexanizatsiya xlopkovodstva, M., 1975; Zonalnaya sistema mashin dlya kompleksnoy mexanizatsii rasteniyevodstva v Sredneaziatskom regione, kn. 1—2, T., 1982.