Gribov Anisim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gribov Anisim (17-asr) — rus diplomati. Ashtarxon (Astraxon)lik tijorat axlidan. G. boshchiligidagi 1-rus elchiligi (1641—43) Xiva xonining hamda Buxoro va Balx xoni Nodir Muhammadxonning huzuriga borib, rus podshohi Mixail Fyodorovichiint topshirigʻiga binoan diplomatik va savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirishni taqlif qilgan. Bu taqlif Oʻrta Osiyoda kabul kilingan. Mixail Fyodorovich Oʻrta Osiyoga yoʻllagan G. boshchiligidagi 2-rus elchiligi esa koʻzlagan manziliga yetib boraolmagan. Soʻng , G. 1651-yil Eron shohi Abbos II huzuriga chopar etib yuborilgan. G. boshchiligidagi elchiliklar diplomatik missiya ekanligidan tashqari harbiy-strategik, josuslik va yirik savdo-sotiq ekspeditsiyalari ham edi. Mazkur elchiliklar hujjatlari Oʻrta Osiyoning 17-asr 40-y.lari tarixiga doir muhim manbadir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil