Green Day

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Green Day
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Oakland, California
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari 1986-bugun
Janr pank-rok, pop-pank
Leybl Skene! Records (1990)
Lookout! Records (1989-1994)
Reprise Records(1994-bugun)
Tarkib Billi Joe Armstrong
Maykl Prichard
Tre Kul
Vebsayt www.greenday.com

Green Day (Yashil Kun)1988-yili Ouklend (Kaliforniya)da tashkil topgan rok-guruh.

Janrlar — pank-rok, pank-pop, alternativa.

Green Day o'zining American Idiot nomli ohirgi albomi bilan Gremmining 5 nominatsiyasida ga'labaga erishdi, shu jumladan "Eng yahshi rok-albom" nominatsiyasida ham. Bundan tashqari ular VMA, EMA, AMAlarda ham juda ko'p mukofotlarni qo'lga kiritdilar. Yuqorida sanab o'tilgan barcha taqdimotlar 2005-yilda bo'lib o'tgan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruhning tashkil topishi (1986—1992)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruh 1989-yil Kaliforniyada maktabdosh do'stlar - Billi Joe Armstrong, Maykl Rayan Prichard va Elem Sobrante (haqiqiy ismi - Jon Alan Kiffmayer) tomonidan asos solingan va ilk davrlarida "Sweet children" deb nomlangan. Kiffmayer guruhni kollejga o'qish uchun tark etganida, Billi va Maykka Frenk Edvin Rayt Uchinchi qo'shiladi. U ko'proq Tre Kul ismi bilan mashhur, shundan so'ng guruh o'zining qo'shiqlaridan biri sharafiga nomini o'zgartiradi.

Ishtirokchilarning tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Billie Joe Armstrong[tahrir | manbasini tahrirlash]

(vokal, gitara. shuningdek, lab garmonikasi, mandolina, barabanlar, pianinoni chala oladi.): 1972-yil 17-fevralda (bu kun Amerikada Milliy Ahlat Kuni deb nomlanadi) kantri musiqasining muhlisi boʻlgan ofitsiant qiz va boʻsh vaqtida jaz musiqachisi boʻlgan haydovchi oilasida tugʻiladi. Billi - 6 bolaning ichida eng kichigi, ammo oʻsha vaqtning oʻzida mashhur boʻlishga intilgan: "men bolaligimdanoq kim boʻlmoqchi boʻlganimni bilardim - rok-yulduz". Va bekorga emas, besh yoshida u oʻzining qobiliyatini namoyon etadi: "Look for love" qoʻshigʻini yozadi va kasalhonalarda bemorlarni koʻnglini koʻtarib aytib yuradi. Billiga birinchi gitarani onasi sovgʻa qilgan - bu havorang "Stratokaster" boʻlib, uni sevib "Blue" deb ataydi. Armstrongning bolaligi yengil boʻlmagan, ammo onasi bolalar iliqlik va mehrni olishlariga harakat qilgan, ahir otasining oʻlimidan soʻng (Billi 10 yosh boʻlgan) onasi katta oilani boqish uchun ikki kishi oʻrniga ishlashi kerak boʻlgan. Oʻzining eng yaqin doʻsti Mayk Pridchart (bas-gitara) bilan u maktab oshxonasida, 14 yoshligida tanishgan. Ular birga darslarni qoldirishni, o'tni chekib sota boshlashdi, bu uchun Billiga Two Dollars Billie deb laqam qoʻyishgan, ularni birga maktablardan haydashgan, ular birga Billining xonasida Ozzi Ozborn va Led Zeppelin'ning yozuvlarini tinglashgan. 1987-yili ular Sweet Children nomli guruhni tuzishadi, ammo Tre Cool'ning kelishi bilan ular nomligini Green Day'ga oʻzgartiradilar. 1990-yili grinlarning Amerika bo'ylab konsertlaridan birida Billi oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi Adie bilan tasodifan uchrashadi. Navbatdagi konsertdan soʻng Adie uning oldiga kelib, ularning logotiplari tushirilgan tovarlarni qayerda sotib olish mumkinligini soʻradi, u esa bu boshlarida dredlari bor qizni bir qarashdayoq sevib qoladi. Soʻng u Amerika boʻylab turnega ular bilan chiqadi, 1994-yil 2-iyulda esa ularning toʻyi boʻlib oʻtadi. Toʻy kamtarona oʻtadi, ular hattoki, marosimdan avval bir qadah viskini dadillik uchun ichishadi. Toʻyga eng yahshi sovgʻani Edrien qildi - ertasi kuni homilador ekanligini aytdi. 1995-yil marta, birinchi oʻgʻilligi Joseph Marciano, 1998-yil sentyabrda esa ikkinchi oʻgʻilligi - Jacob Danger tugʻiladi. Billi Joe Adeline Records mustaqil leyblining asoschi va boshliqlaridan biridir. Gitarani chalish haqida Billi Joe - uning ovozi asosan jiringlatish hisobiga paydo boʻladi, deydi: "Men bosh barmogʻimni ishlataman: yarmiga mediator va yarmiga bosh barmoqni, shuning uchun menda simlarga qattiq ishlov beriladi. Yana, men bilagimni emas, yelkamni qimirlataman va simlarga haqiqatdan ham qattiq uraman!".

Kerplunk va Dookie (1992—1994)[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Kerplunk!" oraliq albomining sezilarli muvaffaqiyati bilan guruh mashhur prodyusserlar va ovoz yozish studiyalarining diqqatini jalb etdi. Tez orada Green Day musiqiy industriyaning monstrlaridan biri - "Reprise" leybli bilan shartnoma imzolashadi. Va 1994-yilda ularning epohal ijodi - "Dookie" albomi chiqadi. Amerika chartlarining choʻqqisiga yashin tezligida chiqqan "When I come around" singli u yerda 7 hafta ushlanib turadi. AQSHning oʻzida alboming besh milliondan ortiq nushasi sotildi, Green Day esa mashhur "Woodstock-94" festivalining dastur kulminatsiyasiga aylandilar. Bunday blitskrigni hamma ham uddalavermagan.

Green Day'ning yakkahoni Billi Joe

Albomda juda zoʻr, har xil, yuzinchi marta ham eshitsa jonga tegmaydigan taronalar bor. Ajoyib, yosh THE WHO va STOOGESlarning urflarini qoʻllovchi pro-britan "Longview". Ozgina granjli, ammo sokin "She" - avval sekin, soʻng esa birdaniga har xil ovozlar bilan BAD RELIGION kabi urinish berishadi. Ajoyib klipga ega boʻlgan "Basket Case" singlini hamma birdaniga yahshi koʻrib qoladi. Oʻzligi buni hohlamasdan, Green Day yangi oqimni yaratishadi, uning nomi oksyumoron boʻladi. Pop-pank ularning yuzi ostida yashay boshladi. Ular turli xil jinniliklar qilib, yalangʻoch holda sahnaga chiqib, jurnalistlarni haqoratlab, oʻzlari va tinglovchilarni ahlatga burkab, kurashishga harakat qilishgan. Ammo, kech boʻlgandi, omma ularning epatajidan baxtiyor edi. Buni qabul qilish kerak boʻldi. Va albom yoʻlining logik va quvonchli finali boʻlib uning "Eng yahshi alternativ ijro" uchun "Gremmi" mukofotini olishi edi.

Nimrod va Warning (1997—2000)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyingi ijodligi - "Nimrod" (1996) bestseller boʻladi. Dastlabki kunlardayoq 80 ming nushada sotilgan. Bu albomni hamma yoqtirib qolganga oʻxshaydi, ayniqsa "Hitchin’ A Ride" taronasi uchun. Bu qoʻshiq pank - bu nozik va badiiy musiqa uchun konspirativ nom ekanligini isbotladi, skripka u uchun toʻsiq emas, amerika folki esa - faqatgina jilovlanish qoʻshadi. Albatta musiqa ingliz alternativ popni eslatardi (patriotlar aytadigandek, "brit-pop"), ammo bundan yanada taʻsirliroq, yorugʻ va jozibaga ega boʻladi (Billining oʻzi, qoʻshiq unga STRAY CATS neo-rokabillarini eslatishini tan oldi). Keyingi singl "Time Of Your Life" nomli chiroyli ballada boʻlib, koʻzdan yoshni chiqarib yuborar edi. Gʻamgin skripka, akustik gitara, asrlik qaygʻu, oʻtmishning ogʻir bosimi va kelajakning albatta kelishi. Va hech kim guruhni yoʻnalish bir xilligida ayblay olmaydi va qandaydir shtampni qoʻya olmaydi.

2000-yilning ohirida guruh "Warning" nomli yangi albomni chiqardi. Yozuvdan soʻng guruh oʻzining birinchi dunyo boʻylab turnesiga chiqadi. "Warning"ni eshitayotganingda tushunasan, Green Day qandaydir umuman boshqa musiqaga ega ekanligini tushunasan. Yaʻni xuddi oldingiday, ammo ancha kengroq va professionalroq. Ular chiroyli taronalar yaratish prinsipini tushundilar va yaxshi rok albomni yaratishga muvaffaq boʻldilar. "Blood Sex Booze" bemalol oʻsha payt blyuz-punkerlarining madhiyasi boʻlishi mumkin edi. "Church On Sunday" garmoniya va navolari bilan BEACH BOYS guruhining "Don’t Worry Baby"sini eslatadi. "Fashion Victim" - umuman qandaydir mod-rok. "Castaway" - ilk Dilanning sitatalari bilan yosh Iggi Pop. "Waiting" BLURni eslatishi mumkin, yana unda eski qoʻshiqchi Petula Klarkning repertuaridan sitatani tinglash mumkin. Hech nimaga oʻxshamaydigan madhiyaviy "Minority" xit rolida. "Hold On" - lab garmonikali juda zoʻr folk-blyuz. "Macy Day Parade" - goʻzal va mayin gitarali brit-pop. "Jackass" ashulasida Billi Joe: "Hamma hazillarni yaxshi koʻradi, ammo hech kim ahmoqlarni yoqtirmaydi", - deb, kinoyali hafalik bilan kuylaydi. Ohir-oqibat Green Day quyidagi mukofotlarni qoʻlga kiritgan: eng yaxshi albom ("Warning"), eng yaxshi pank-rok/ska albom ("Warning"), eng yaxshi guruh (Green Day), eng yaxshi erkak yakkahoni (Billi Joe Armstrong), eng yaxshi baschi (Mayk Dernt), eng yaxshi barabanchi (Tre Kul), eng yaxshi qoʻshiqlar muallifi (B.J.Armstrong).

American Idiot (2004)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navbatdagi albom guruhning butun mavjudlik payti uchun eng muvaffaqiyatli va revolyutsion boʻladi. Shunday qilib, guruh "Cigarettes and Valentines" deb nomlamoqchi boʻlgan yangi albom uchun yangi material yozish uchun studiyaga kiradi. "Nimrod" va "Warning" albomlariga oʻxshash 20ta trekni tugatuvidan soʻng, ular studiyadan oʻgʻirlanadi. Guruh albatta tushkunlikka tushib, oʻgʻirlangan albomni tiklashni hohlamaydi, uning oʻrniga avvalgidan ham yaxshi taronalar yozishga soʻz beradi. Bundan tashqari guruh ancha vaqt ayrim kelishmovchiliklarni bartaraf etishga harakat qilgan, ular Dernt va Kulning Armstrongni - "guruh millatchisi" ekanligida ayblab, guruhning boshqa ishtirokchilaridan diqqatni pozerlik bilan qaratadi, deyishadi. Guruh ichida demokratiya oʻrnatilganidan soʻng, ijodit shlyuzlarni shunday ochishdiki, har kim qandaydir yangilikni taklif etishi mumkin edi - eng koʻp bu Green Dayning yangi albom uchun yaratilayotgan ikki 9-minutlik trekida namoyon boʻldi. Toʻliq tugatilgan albom, "American Idiot" Billboard chartlarida birinchi oʻrinda debyutlanib (bu guruh ijodining haqiqiy rekordi boʻldi), albomning xuddi shunday nomli singli bilan qoʻllangan. Albom "pank-rok opera" deb eʻlon qilindi, yoki aniqrogʻi qalbaki "Qishloq Iso"sining sayohatini kuzatuvchi "konsepsiya albomi". Albom davomida, "Iso" narkotiklarga qiziqadi, ularni tayyorlab, oʻzini "Avliyo Jimmi"("St.Jimmy") deb atatydi; "Whatsername" ismli qizni sevib qoladi (soʻzma-soʻz tarjima qilinganda "qandaydir-ism"); yashashga oʻrganadi va insondek katta boʻladi. Albomning ohirgisidan bitta oldingi qoʻshigʻida ("Homecoming"), Av.Jimmi joniga suiqasd qilganida, sheʻrlar Jimmi Isoning obrazi boʻlishini nazarda tutadi (Sh.:"Jimmy died today/ He blew his brains out into the bay/ In the state of mind, it’s my own private suicide"). "Letterbomb" taronasidan boshqa misol buni deyarli isbotlaydi (Sh.:"You’re not the Jesus of Suburbia, the St. Jimmy is a figment of, your father’s rage and your mother’s love"). Albom shuningdek, urushga qarshi, Jorj Bushning siyosati va Iroqqa hujumga qarshi allegoriya deb sifatlanishi mumkin. Ammo, "Wake Me Up When September Ends" qoʻshigʻi operaning bosh mavzusidan chetlanib, Billi Joning otasi haqida soʻzlaydi, u Armstrong 10 yosh boʻlgan paytida rak tufayli vafot etgan boʻladi. Amerikalik Ahmoq bilan shuningdek, imijdagi oʻzgarishlar qayd etiladi. Oʻtmishda ular sochlarini har xil ranglarga boʻyashardi (qizildan yashil va pushtigacha) va hilma-xil kiyimda paydo boʻlishardi, hozir esa ular ozgʻin galstuklar bilan qora koʻylaklarni kiya boshlashdi va sochlarini platina va qora kabi oddiyroq ranglaga boʻyashni boshlashdi. Shuningdek, Tre va Billi Joe koʻz uchun qalamni ishlata boshlashdi. Butun tur davomida Billi Jo gitaraning kamarida bir nechta yurak shaklidagi qoʻl granatalarini olib yurdi. Amerikalik Ahmoq 2005-yilda "eng yaxshi rok-albom" nominatsiyasida Grammy oladi va boshqa 5 nominatsiyada ishtirok etadi. "American Idiot" qoʻshigʻi "Madden NFL 2005" videooʻyinida va "Holiday" Billi Joe Armstrong qahramon boʻlgan "Tony Hawk’s American Wasteland" oʻyinida koʻrsatiladi. Butun 2005-yilni guruh albomni reklama qilib turneda oʻtkazadi. Bu tur Warning va Shenanigans'ning koʻrsatuvlarining baʻzi teatralligini davom ettiradi. Shuningdek, ular Queen guruhining "We Are the Champions", The Isley Brothers'ning "Shout", The Ramones'ning "Outsider" va Ben E. King'ning "Stand By Me" taronalarini kaver-versiyalarini ijro etishdi. Amerikalik Ahmoq uchun turneda ular Milton Keynes National Bowl'dagi (Angliya) ikki feyerik konsertni yozib oldilar, ikki kun ichida u yerda 130 000ga yaqin inson boʻldi. Bu yozular 2005-yil 15-noyabr "Bullet in a Bible" nomli jonli CD&DVD qilib chiqarildi. Dunyo boʻylab 200-yil sayohatligi Sidney va Melburnda (Avstraliya) 14 va 17 dekabrda boʻlib oʻtadi. 2006-yil 10-yanvarda Green Day People’s Choice Award bilan sevimli guruh sifatida taqdirlanadi. Shuningdek, 2005-y. Avstraliyaning Triple J’s Hottest 100da "Jesus Of Suburbia" qoʻshigʻi chart tarixidagi (№61) eng uzun ashula - 9 daqiqa va 8 soniya - deb qayd qilinadi. 2006-yil Green Day Kids Choice Awards Blimps'da eng sevimli musiqiy guruh va eng sevimli tarona (Wake Me Up When September Ends) nominatsiyasida gʻolib chiqadi.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1989: 1,000 Hours
  • 1990: Slappy EP
  • 1990: Sweet Children
  • 1994: Longview
  • 1994: Basket Case
  • 1994: Welcome To Paradise
  • 1994: When I come around
  • 1995: She
  • 1995: J.A.R.
  • 1995: Geek Stink Breath
  • 1995: Stuck With Me Pt.1
  • 1995: Stuck With Me Pt.2 (Live)
  • 1995: Brain Stew /Jaded
  • 1996: Walking Contradiction
  • 1997: Hitchin' A Ride
  • 1997: Good Riddance (Time of your life)
  • 1998: Redundant
  • 1998: Nice Guys Finish Last
  • 2000: Minority
  • 2001: Warning
  • 2001: Waiting
  • 2001: Macy’s Day Parade
  • 2002: Poprocks & Coke
  • 2004: American Idiot
  • 2004: Boulevard Of Broken Dreams
  • 2004: Holiday
  • 2005: Wake Me Up When September Ends
  • 2005: Jesus of Suburbia
  • 2009: Know Your Enemy

DVD[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2001: International Supervideos
  • 2002: Pogo Paradise
  • 2005: Bullet In A Bible
  • 2005: Suburbia Bomb
  • 2005: American Idiot:The Ultimate Critical Review
  • 2006: Bullet in a Bible

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]