Grakxlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Grakxlar, aka-uka Tiberiy (Tiberius Gracchus) (mil. av. 162— Rim —133) va Gay (Gaius Gracchus) (mil. av. 153— Rim — 121) — Qad. Rimning siyosiy arboblari xalq tribunlari (notiqlari). Plebeylar naslidan. Demokratik agrar islohot oʻtkazish yoʻli bilan deqqonlarni xonavayron boʻlishdan saqlab qolmoqchi boʻlishgan. Gay tomonidan italik ittifoqchilarga Rim fuqaroligi huquklarini berish toʻgʻrisida qonun chiqarish taklif qilingan. Islohotlarga qarshi turgan senat zodagonlari bilan boʻlgan kurashda halok boʻlishgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil