Graben (geologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Graben (nem. graben — chuqurlik) — Yer poʻstining qiya, baʼzan tik yoriqlar, odatda uzilma boʻylab choʻkkan qismi. G. bir necha yuz km ga choʻzilgan, eni bir necha oʻn km boʻladi. G.larning koʻpchiligi riftlarga mansub. Tektonik harakatlar natijasida paydo boʻladi. Hamma tomonidan yoriqlar sistemasi bilan chegaralangan murakkab G.lar ham uchraydi. Bir qancha belgilariga qarab G.lar boʻylama — burmali strukturalar boʻylab choʻzilgan; koʻndalang — G.ning uzun oʻqi atrof strukturalarning oʻqiga perpendikulyar: ponasimon — pastga tomon kengayib boradigan; bir tomonli — uzilma bilan faqat bir tomondan chegaralangan xillari bor. Dunyodagi ulkan G.lar sistemasi Sharqiy Afrikadan oʻtgan. Gʻarbiy Yevropada yirik G. Reyn daryosi vodiysida joylashgan. Bunday sayyoraviy masshtabdagi G.lar rift deb ataladi. Oʻzbekistonda Fargʻona vodiysining shim. gʻarbida Koʻgart vodiysida uz. 50 km ga teng G. joylashgan. Baʼzan G. oʻrnida koʻl paydo boʻladi (Issiqkoʻl) yoki uni daryolar kesib oʻtadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil