Goʻngqargʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goʻngqargʻa (Corvus frugilegus) — chum-chuqsimonlar turkumining qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda togʻli yerlardan boshqa hamma joyda uchraydi. Bahorda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryosi boʻylarida koloniya boʻlib yashaydi. Baland daraxtlarning shoxiga koloniya boʻlib uya quradi. Qoʻngʻir xolli 3—7 ta koʻk tuxum qoʻyadi. Joʻjasi tuxumdan 16—20 kunda chiqadi. 30 kundan soʻng uchirma boʻladi. G. har xil hasharotlar va ularning lichinkalari, mayda kemiruvchilar, oʻsimlik urugʻlari bilan oziqlanadi. Hasharotlarni koʻplab qirib, foyda keltiradi, baʼzan gʻalla va poliz ekinlariga ziyon yetkazadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil