Konfet daraxti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Goveniyadan yoʻnaltirildi)

Konfet daraxti, goveniya (Hovenia dulcis) — chilonjiydadoshlar (itjumrutdoshlar) oilasiga mansub mevali daraxt. Koreya, Xitoy, Yaponiyada yovvoyi holda oʻsadi va ekiladi. Etli meva bandi shirinlik sifatida isteʼmol qilinadi va konditer sanoatida qoʻllaniladi: meva bandida 20—23%, qurugʻida 47,8% gacha qand bor. Guli serasal. Yogʻochi mebel va moʻzika asboblari tayyorlashda ishlatiladi. Konfet daraxti Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda oʻstiriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil