Gottfried Leibniz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LEYBNITS (Leibniz) Gotfrid Vilgelm (1646.1.7, Leypsig- 1716.14.11, Gannover) — nemis faylasufi, fizik, matematik, tarixchi. Berlin FA ning asoschisi va prezidenti (1700). 1676 y.dan Gannover gersoglari xizmatida. Petr I iltimosiga koʻra, Rossiyada maorif va davlatni boshkarishni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqqan. L. fikricha, real dunyo oʻzaro boʻlinmas ruhiy substansiya — monadalardan iborat. Monadalar barcha narsalarning , hayotning asosini tashkil qiladi. Tabiat quyi darajadagi, inson esa oliy darajadagi monadalardan tashkil topgan. Bilish nazariyasida ratsionalizm mavqeida turgan. Lokk sensualizmiga qarshi chiqqan. Umumiy, zaruriy bi-limning asosi faqat akl boʻlishi mumkin deb hisoblagan. Fizikada fazo va vaqt harakatnshg nisbiyligi toʻgʻrisidagi, mantikda analiz va sintez toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirdi, yetarli asos qonuniii birinchi boʻlib izohlab berdi. U matematik mantiq asoschilaridan biridir. L. differensial hisob va integral hisobni kashf qildi, katta sonlarni hisoblash mashinasini yaratdi. Tilshunoslikda tillarning paydo boʻlish tarixini, genealogik tasnifini yaratdi, nomlarning kelib chiqishi haqidagi taʼlimotni rivojlantirdi. Siyosat va huquq sohasida tabiiy huquq konsepsiyasi va ijtimoiy kelishuv haqidagi taʼlimotni himoya qilgan. U optik asboblar va gidravlik mashinalar loyihasini yaratgan. 1926 y.dan Berlinda L. jamiyati mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil