Gorio ota
Gorio ota(asl fransuzcha nomi Le Père Goriot) – ulug‘ farang adibi Onore de Balzakning 1835-yil yozilgan va 90 dan oshiq romandan iborat „Insoniyat komediyasi“ silsilasining „Insoniy etyudlar“ bo‘limiga kiritilgan romani.
|
1835-yil fransuz tilidagi ilk nashri | |
| Asl nomi | Honore de Balzac |
|---|---|
| Muallif(lar) | Onore de Balzak |
| Muharrir(lar) | Qodir Mirmuhammedov |
| Tarjimon(lar) | Sulton Muhammadjonov |
| Bezovchi(lar) | E.Valiyev |
| Muqova artist(lar)i | M.Kogorov |
| Mamlakat |
|
| Til | O‘zbek tili |
| Janr(lar)i | roman |
| Nashr etilgan sanasi | 1835-yil |
| Nashriyot | G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1968-yil |
| Sahifalar soni | 292 bet |
„Gorio ota“ roman voqealari 1819-yil Parijda; Burbonlar Restavrasiya davrida sodir bo‘ladi. Burjuaziya dunyosining qonunlari shafqatsiz. Bu jamiyatda odamning qadri-qimmati qancha daromad keltirishiga qarab belgilanadi.
Gorio ota kapitalist bo‘lganda hamma unga xushomad qilardi, davlat, boylik qo‘ldan ketib, u mayda burjua darajasiga tushib qolgach, hamma uni unutadi. Gorio azob-uqubatda o‘lib ketadi, hatto qizlari ham otalarining o‘limiga kelmaydi. Yozuvchi „Gorio ota“ romanida oilaning barbod bo‘lishini, insonning eng ezgu his-tuyg‘ularining sekin-asta yemirilishini ko‘rsatadi.
Roman markazida asosiy uch qahramon: qizlarini jonidan ham ortiq sevuvchi Gorio ota, jinoyatchi Votren va yosh huquqshunos talaba Egen de Rastinyak turadi [1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hunt, p. 95; Brooks (1998), p. ix; Kanes, p. 9.