Gordon Parks
Gordon Parks | |
---|---|
![]() Parks at the Civil Rights March on Washington, 1963 | |
Tavalludi |
Gordon Roger Alexander Buchanan Parks 30-noyabr 1912-yil Fort Scott, Kansas, U.S. |
Vafoti |
7-mart 2006-yil (93 yoshda) Manhattan, New York City, U.S. |
Fuqaroligi | AQSh |
Bolalari |
Gordon Parks, Jr. David Parks Leslie Campbell Parks Toni Parks-Parsons |
Mukofotlari |
NAACP Image Award (2003) Spingarn Medal (1972) |
Gordon Rojer Alexander Buchanan Parks (1912-yil 30-noyabr – 2006-yil 7-mart) amerikalik fotograf, bastakor, yozuvchi va kinorejissor boʻlib, 1940-1970-yillarda AQSH fotojurnalistikada, ayniqsa fuqarolik huquqlari, qashshoqlik kabi mavzularda o`zining qarashlari bilan ancha yaxshi tanilgan.
Parks yirik kinofilmlarni suratga olgan va rejissorlik qilgan. U "blaksploitation "janrini yaratgan. U 1940-yillardagi kambag'al amerikaliklarning ajoyib suratlari (federal hukumat loyihasi uchun olingan), Life jurnali uchun ishlangan fotoinsholari va 1971-yilgi "Shaft" filmining rejissori sifatida yaxshi esga olinadi. Parks shuningdek, yozuvchi, shoir va bastakor ham bo`lgan. [2][3][4][5]
Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Parks 1912-yil 30-noyabrda Kanzas shtatining Fort Skott shahrida tug`ilgan. Ota-onasining ismlari Endryu Jekson Parks va Sara Ross bo`lgan. [2] U oilada 15ta farzandning eng kichigi bo`lgan.[6] Uning otasi dehqon bo‘lib, makkajo‘xori, lavlagi, sholg‘om, kartoshka, ko‘kat, pomidor yetishtirar va ularning bir nechta o'rdaklari, tovuqlari va cho'chqalari ham bo`lgan kichik fermasi bo`lgan. [7]
U boshlang`ich ta`limni ixtisoslashtirilgan maktabda olgan. Shahar irqqa ajratilgan maktablarning yaratilishi uchun juda kichiklik qilganligi sababli, u o`rta maktabni oq va qora tanlilar birga o`qiydigan maktabda o`rta ta`limni olgan. Shunday bo`lsa-da qora tanli talabalarga sport bilan shug'ullanish yoki maktabdagi ijtimoiy tadbirlarga borishga ruxsat berilmagan, [8] ammo ular oliy ma'lumotga intilishlarini rivojlantirishdan qaytarilmagan.
Yigirma sakkiz yoshida Parks olgan ishchi muhojirlarining suratlari barchaning e`tiborini o`ziga qaratdi.
U birinchi fotoapparati Voigtländer Brillantni Sietldagi (Vashington) lombard [9] dan 12,50 dollarga sotib olgan. Parksning fotosuratlari namoyish etilib, ommaning e`tiboriga tushgach, uni Minnesota shtati Sent-Pol shahridagi, Frenk Merfiga tegishli bo'lgan ayollar kiyimlari do'koniga fotograf sifatida ishga taklif qilishadi va u faoliyatini shu yerda davom ettiradi. Ushbu fotosuratlar boks bo'yicha og'ir vazn toifasidagi chempion Jo Luining rafiqasi Marva Luisning e'tiborini tortgan. U Parks va uning rafiqasi Salli Alvisni 1940-yilda Chikagoga ko'chib o'tishga undaydi. [10] U yerda Parks ayollarining portret fotosuratlarini tayyorlashga ixtisoslashgan o`z biznesini boshlagan. Parksning Chikagodagi fotografik ishi, uning 1942-yilda Yuliy Rozenvald stipendiyasini olishga olib kelgan va unga oyiga 200 dollar ish haqi to'lanadigan ishga taklif qilishadi. [11] O'z navbatida, Roy Stryker homiyligidagi [12] mamlakatning ijtimoiy sharoitlarini tasvirlab beruvchi Farm Security Administration (FSA) ga qo'shilgan. [13]
Keyingi bir necha yil ichida Parks juda ko`plab ish joyini almashtirgan, mustaqil portret va moda fotografiyasi bilan shug'ullangan. U shaharning janubiy tomonidagi qora getto xronikasini yozishni boshlaydi va 1941-yilda ushbu fotosuratlar ko'rgazmasi tufayli FSA fotografiya bo'yicha stipendiyani qo'lga kiritgan
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Gordon Parks, IMDb“. IMDb (1-may 2009-yil). Qaraldi: 6-oktyabr 2010-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Grundberg, Andy. „Gordon Parks, a Master of the Camera, Dies at 93“. The New York Times (8-mart 2006-yil). Qaraldi: 3-mart 2019-yil.
- ↑ Allen, Erin, "Gordon Parks Remembered", in Library of Congress blog, November 30, 2012. Retrieved January 2, 2016.
- ↑ Ellis, Donna, "Gordon Parks Papers: A Finding Aid to the Collection in the Library of Congress,", with chronology, Manuscript Division, Library of Congress, 2011, rev. September 2011. Retrieved January 2, 2016.
- ↑ „R. Retrieved January 2, 2016.“. 15-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
- ↑ Zara, Janelle. „'He's inspired so many of us': how Gordon Parks changed photography“ (en). The Guardian (16-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
- ↑ Parks,1990, p. 6.
- ↑ Parks, 1990, pp. 1–2.
- ↑ „Gordon Parks' big score“. Roger Ebert (2-iyul 1972-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
- ↑ Parks, 1990, p. 77.
- ↑ „Gordon Parks facts, information, pictures | Encyclopedia.com articles about Gordon Parks“. www.encyclopedia.com. Qaraldi: 5-aprel 2018-yil.
- ↑ „Artist – The Gordon Parks Foundation“. gordonparksfoundation.org. Qaraldi: 5-aprel 2018-yil.
- ↑ Moskowitz, "Gordon Parks: A Man for All Seasons," The Journal of Blacks in Higher Education, 2003.