Gordiy Sablukov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Gordiy Semyonovich Sablukov (1804, Ufa yaqinida — 1880.29.1, Qozon) — rus sharqshunosi. Ruhoniy oilasida tugʻilgan. Orenburg diniy seminariyasi (1826) va Moskva diniy akademiyasi (1830)ni tugatgan. S. Saratov diniy seminariyasi (1830—49) hamda Sharq va klassik tillar boʻyicha Qozon diniy akademiyasi (1849—62)da oʻqituvchi. S. Volgaboʻyi, qipchokdar va Oltin Oʻrda tarixi, numizmatikasi, arxeologiyasi, etn.siga oid asarlar muallifi. Qurʼonni arab tilidan rus tiliga tarjima qilgan va nashr ettirgan (1878). Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" asarini ruschaga tarjima kilgan, 1906-yilda Qozonda chop etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Prilojeniye k perevodu Korana, Kazan, 1879, 1898.