Kontent qismiga oʻtish

Google Tarjimon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Google Tarjimon
Joriy holati Faol
Sayt turi Tarjimon
Qaysi tillarda Koʻp tilli
Muassisi Google
Muallifi Google
URL translate.google.com

Google Tarjimon (inglizcha: Google Translate) — Google kompaniyasining matn yoki veb-sahifalarni bir necha tilga tarjima qilish uchun moʻljallangan veb-xizmati. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, 2013-yilga kelib Google Tarjimondan foydalanayotganlar soni kuniga 200 million kishiga yetdi[1]. Hozirda Google Tarjimon 90 ta tilni qoʻllay oladi. 2014-yil dekabr oyida Google Tarjimonga oʻzbek tili ham qoʻshildi.

SYSTRAN texnologiyasini qoʻllovchi Babel Fish va AOL kabi boshqa tarjima xizmatlaridan farqli oʻlaroq, Google Tarjimon Translate.com kabi oʻz dasturiy taʼminotidan foydalanadi. Google Tarjimon oʻzi oʻrganuvchi mashina tarjimasi algoritmidan foydalanadi.

Imkoniyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google Tarjimon butun veb-sahifani tarjima qila oladi. Veb-dizaynerlar uchun kompaniya xodimlari tomonidan saytni barcha ruxsat etilgan tillarga tarjima qilishni tashkil etishga imkon beruvchi skript ishlab chiqilgan.

Google Tarjimon boshqa avtomatik tarjima asboblari singari oʻz cheklovlariga ega.[2] Ushbu asbob foydalanuvchiga chet tilidagi matn tarkibining umumiy mazmunini tushunishga yordam beradi. Ammo u koʻp hollarda aniq tarjimalarni taqdim etmaydi. Shuning uchun doimiy ravishda tarjima sifati boʻyicha ishlar olib boriladi, boshqa tillarga tarjimalar yaratiladi.

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Variantlarni berish statistik algoritm tomonidan nazorat qilinganligi tufayli oddiy keng qoʻllaniladigan soʻzlarni tarjima qilishda Google Tarjimon mumkin boʻlgan variantlar ichidan senzura talablariga javob bermaydigan soʻzlarni ham taklif etishi mumkin. Tarjima natijasiga biror koʻp taklif etiladigan, aslida shak-shubhasiz notoʻgʻri boʻlgan tarjima variantlari ham taʼsir etishi mumkin.

Google Tarjimon istalgan qoʻllaniladigan tildan istalgan boshqa qoʻllaniladigan tilga tarjima qiladi, lekin koʻpchilik hollarda aslida tarjimani ingliz tili orqali bajaradi. Ayrim hollarda shu sabab tarjima sifati yomonlashadi. Baʼzi tillar uchun tarjima ikkita jarayondan oʻtadi: matn dastlab yaqin-qardosh tilga oʻgiriladi, keyin ingliz tiliga tarjima qilinadi. Quyida mazkur algoritmdan oʻtuvchi tillar keltirilgan:

2014-yil 11-dekabrda Google Tarjimonga oʻzbek tili ham qoʻshildi.[3] Buni amalga oshirishda oʻzbek tilini bilgan koʻngillilar yordamidan hamda Shavkat Boʻtayevning oʻzbekcha lugʻatidan foydalanildi.[4]

Oʻzbek tili ilk bor qoʻshilganda tarjima sifati juda yomonligi kuzatildi.[5] Oʻzbek tilidan ingliz va boshqa tillarga yoki oʻzbek tiliga tarjima qilingan jumlalar tushunarsiz yoki mutlaqo boshqa maʼno kasb etdi. Masalan, ingliz tilidagi „I am from Uzbekistan“ jumlasi oʻzbekchaga „Men Oʻzbekistondan emasman“ deya tarjima qilindi. Hozirda ushbu muammolar bartaraf qilingan. Masalan, ingliz tilidagi „I am from Uzbekistan“ jumlasi oʻzbekchaga „Men Oʻzbekistonlikman“ deya tarjima qilinadi.

  1. Shankland, Stephen „Google Translate now serves 200 million people daily“ (inglizcha). CNET. CBS Interactive Inc. (2013-yil 15-may). Qaraldi: 14-dekabr 2014-yil.
  2. „Find out how our translations are created“ (inglizcha). Google Translate. Qaraldi: 14-dekabr 2014-yil.
  3. „Google Translate Adds Kazakh, Tajik, Uzbek Languages“ (inglizcha). RFE/RL (12-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2014-yil.
  4. „Google Translate - 10 more languages with your help“ (inglizcha). Inside Search (11-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2014-yil.
  5. Umaraliyev, Toʻlqin „Google Translate tarjimoniga oʻzbek tili ham qoʻshildi“. Ozodlik radiosi (12-dekabr, 2014). Qaraldi: 14-dekabr, 2014.