Golitsin qatlami
Jump to navigation
Jump to search
Golitsin qatlami - Yer mantiyasi yuqori qismining quyi qatlami. taxminan 400–900 km chuqurlikda joylashadi. 1916 y.da rus olimi B.B. Golitsin aniqlagan. Chet el adabiyotlarida "20° chegara ajratuvchi" nomi qabul qilingan. Seysmik toʻlqinlarning oʻtish tezligi G.q.da tez ortib boradi. G.q.da chuqurlikka tomon jinslar zichligining tez oshib borishi ham taxmin qilinadi. Bu jinslarning qayishqoq siqilishi, minerallar kristall panjaralarning qayta tuzilishlari, molekulalarda atomlarning qayta taqsimlanishi va ehtimol chuqurlikka tomon togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi oʻzgarib borishiga qarab izohlanadi. G.q. atomlari nihoyatda zich joylashgan yangi minerallar (mas, stishovit — zichligi 4,35 g/sm3) paydo boʻladi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |