Goffman Avgust Vilgelm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GOFFMAN (Hoffman) Avgust Vilgelm (1818.8.4, Gissen — 1892.5.5, Berlin) — nemis organik kimyogari. London kimyo jamiyati prezidenti (1861-yildan). Germaniya kimyo jamiyati asoschisi va uning birinchi prezidenti (1868—92). London Qirollik kimyo kolledji direktori (1845—65). Berlin universiteti prof. (1865-yildan). Asosiy ishlari aromatik birikmalar, jumladan boʻyagich moddalar sinteziga bagʻishlangan. Toshkoʻmir smolasi tarkibida anilin va xinolin borligini aniqlagan (1841). Toshkoʻmir chirkidan benzol ajratib olgan (1845) va uni nitroben-zolga aylantirgan, nitrobenzolni qaytarish yoʻli bilan anilin hosil qilgan. Etil yodid S2N5 ga ammiak taʼsir ettirib aminlar sintez qilish usulini taklif etgan (1850; q. Goffman reaksiyalari). Qizil anilin boʻyagich (fuksin)ni sintez qilgan (1858) va uning tarkibini aniqlagan (1861). K. A. Marsius bilan hamkorlikda S6N5—NH— CH3-^CH3-C6H4-NH2 koʻrinishidagi qayta guruxlanishni (1871), birlamchi aminlarning izonitrillarga aylanishini kashf qilgan (1881). Kislota amidlaridan alifatik, yogʻ-aromatik va geterotsiklik aminlar olish usuli (Goffman qayta guruhlanishi) ni taklif qilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil