Kontent qismiga oʻtish

Godiva Chocolatier

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Godiva Chocolatier
Turi Sho‘ba korxona (subsidiya)
Tarmogʻi Qandolat sanoati
Egasi Yıldız Holding (Pladis orqali), MBK Partners
Qachon asos solingan 1926 (100 yil avval) (1926)
Joylashuvi Nyu-York shahri, AQSh
Asoschi(lari) Joseph Draps
Mahsulot(lar)i Shokolad, qahva va qandolat mahsulotlari
Vebsayti godiva.com

Godiva Chocolatier (/ɡəˈdaɪvə/; italyancha: gɔdiva) — Yıldız Holding turk konglomeratiga tegishli boʻlgan xalqaro shokolad ishlab chiqaruvchi kompaniya[1][2][3][4].

Kompaniya 1926-yilda Belgiyada tashkil etilgan. 1974-yilda AQShning oziq-ovqat ishlab chiqaruvchisi Campbell Soup Company tomonidan sotib olingan va 2007-yil noyabr oyida Yıldız Holdingga sotilgunga qadar aynan shu kompaniya tomonidan boshqarilgan[5]. 2019-yilda Janubiy Koreyaning xususiy investitsiya firmasi MBK Partners Tokio shahrida joylashgan Godiva Japan kompaniyasini, shuningdek Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi operatsiyalarni hamda Belgiyadagi ishlab chiqarish korxonasini sotib oldi. Ushbu bitim qiymati 1 milliard AQSh dollaridan oshiq boʻlgan[6][7][8][9][10].

2019-yilda Godiva kelgusi 6 yil ichida butun dunyo boʻylab 2 000 ta kafe ochishni rejalashtirgan edi. Ushbu reja espresso ichimliklari va kruassan sendvichlarini oʻz ichiga olgan qahvaxonalar tarmogʻiga xos mahsulotlarni joriy etishni nazarda tutgan. Biroq 2021-yil yanvar oyida Godiva COVID-19 pandemiyasi sababli joriy etilgan lokdaun va cheklovlar natijasida oflayn savdo keskin kamaygani bois Shimoliy Amerikadagi barcha 128 ta jismoniy savdo nuqtalarini 2021-yil mart oyining oxiriga qadar yopishini eʼlon qildi. Biroq, ayni paytda kompaniya ulgurji savdo faoliyatini saqlab qoldi[11].

Godiva kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalari Turkiya, AQSh va Belgiyada joylashgan[12]. AQShda sotiladigan shokolad mahsulotlari faqat Pensilvaniyaning Reding shahrida va Turkiyadagi zavodlarda ishlab chiqariladi. 2019-yilda jamoaviy daʼvo doirasida Godiva shokoladlarini Belgiyada ishlab chiqarilgan deb notoʻgʻri reklama qilgani aytilgan. 2022-yilda AQSh federal sudi ushbu ish boʻyicha kelishuvni tasdiqladi va unga koʻra Godiva daʼvo arizasi topshirgan isteʼmolchilarga 15 million dollargacha toʻlov qilishga rozi boʻldi[13][14].

2024-yildan boshlab Yıldız Holdingga qarashli Godiva faoliyati qandolat va tamaddi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Pladis kompaniyasining shoʻba korxonasi sifatida yuritilmoqda[15].

Ishlab chiqarish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Godiva kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalari Bryussel, Pensilvaniyaning Reding shahri va Turkiya hududlarida joylashgan[16]. AQShda sotiladigan Godiva shokoladlari 1960-yillardan buyon Reding shahrida ishlab chiqarilib, AQSh isteʼmolchilarining didiga moslashtirib kelinga[17]. Hozirgi vaqtda AQSh bozorida sotilayotgan shokoladlarning aksariyati Turkiyada ishlab chiqarilmoqda. 2024-yildan boshlab Godiva shokoladlari Isroilda mavjud emas, bunga Turkiyaning Isroilga barcha eksport turlarining taqiqlagani sabab boʻlgan[18]. 2017-yilda Yıldız Holding global ishlab chiqarish jarayonlariga oʻzgartirish kiritib, pralinlar uchun ishlatiladigan shokolad massasida spirtli ichimliklardan foydalanishni toʻxtatdi[19]. Bu esa Halol sertifikatini olish imkonini yaratdi. AQShda sotiladigan Godiva shokoladlari esa ilgari ham doim spirtsiz ishlab chiqarilgan boʻlib, bu ayrim shtatlarda shirinliklar tarkibida alkogolga qoʻyilgan huquqiy cheklovlarga muvofiq amalga oshirilgan[20].

Bolalar mehnati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Godiva kakao ishlab chiqarishda bolalar mehnatidan foydalanish masalasi boʻyicha yuzaga kelgan bahs-munozaralarga aloqador boʻlgan. Yirik global shokolad ishlab chiqaruvchilar orasida Godiva taʼminot zanjirida bolalar mehnatini kamaytirish boʻyicha saʼy-harakatlari eng past baholangan kompaniya sifatida qayd etilgan[21][22].

Shokoladda ogʻir metallarning aniqlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Germaniyaning isteʼmolchilar tashkiloti Stiftung Warentest tomonidan oʻtkazilgan laboratoriya sinovlarida Godivaning sutli shokoladi tarkibida nikel moddasi yuqori darajada aniqlangan[23]. 2022-yilda Consumer Reports tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv ayrim qora shokolad batonchalari, jumladan Godivamahsulotlarida qoʻrgʻoshin miqdori shunchalik yuqori ekanini koʻrsatdiki, kuniga atigi bir unsiya isteʼmol qilish ham sogʻliqni saqlash organlari tomonidan zararli deb hisoblangan meʼyordan oshib ketishiga olib kelishi mumkin. 2023-yilda Godivaning qora shokoladi xavfsiz boʻlmagan darajada qoʻrgʻoshin moddasi saqlaydi degan daʼvo bilan jamoaviy sud ishi qoʻzgʻatilgan[24].

  1. Messenger, Haley „Godiva to close all 128 chocolate stores in North America, citing decline in shoppers due to pandemic“. NBC News (2021-yil 25-yanvar).
  2. Gray, Alistair; Song, Jung-a. „South Korea's MBK strikes 5bn Godiva chocolate deal“ (2019-yil 20-fevral).
  3. „GODIVA Thailand Official Website - World Famous Handmade Chocolates“. www.godiva.co.th. 2025-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-dekabr.
  4. „Godiva sells Asia business to South Korea's MBK for 7bn“. Nikkei Asia (2019-yil 21-fevral).
  5. Clark, Andrew. „8bn Godiva divestment“ (en-GB). The Guardian (2007-yil 9-avgust). 2025-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-mart. (Wayback Machine saytida 5 October 2014[Date mismatch] sanasida arxivlangan)
  6. „Global Food Industry News | Market Research and Reports - just-food“. www.just-food.com.
  7. „Lady Godiva becomes Bride of Istanbul“. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „A Giant Step by Ülker: World's Number One Premium Chocolate Brand is Now Ülker's“. 2008-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Yildiz buys Godiva for $850m“. Trend-news.com. 2011-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-yanvar.
  10. „South Korea's MBK strikes 14bn Godiva chocolate deal“. Financial Times (2019-yil 20-fevral). Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.
  11. „Luxury chocolate brand Godiva is closing all of its stores in Canada“ (en). www.blogto.com. Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.
  12. Eagle, Jenny „Godiva to sell select assets to MBK Partners to fuel business growth“ (en). ConfectioneryNews.com (2019-yil 20-fevral). 2025-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-mart. (Wayback Machine saytida 9 November 2024[Date mismatch] sanasida arxivlangan)
  13. „Court Approves 185 Million Settlement in Godiva Product Origin Lawsuit Over Objections from State Attorneys General“ (en). JD Supra. 2025-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-mart.(Wayback Machine saytida 24 March 2025 sanasida arxivlangan)
  14. Frankel, Alison. „Godiva accused of post-settlement meddling with claims in Belgium chocolate class action“ (en-US). Reuters. 2025-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-mart.
  15. Fusaro, Dave „Godiva Integrated Into Pladis, Names Steve Lesnard CEO“ (en). Food Processing (2024-yil 10-aprel). 2025-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-mart. (Wayback Machine saytida 24 March 2025 sanasida arxivlangan)
  16. „Inside The Scrumdiddlyumptious World Of Godiva“ (en-US). Delish (2016-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
  17. Oster, Patrick. „POPPING BONBONS IN BELGIUM“ (en-US). The Washington Post (1994-yil 2-yanvar). 2025-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-mart. (Wayback Machine saytida 24 March 2025[Date mismatch] sanasida arxivlangan)
  18. „Inside The Scrumdiddlyumptious World Of Godiva“ (en-US). Delish (2016-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
  19. „Inside The Scrumdiddlyumptious World Of Godiva“ (en-US). Delish (2016-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
  20. Franks, Sara Hope. „GODIVA: BETTER IN BELGIUM?“ (en-US). The Washington Post (1994-yil 14-sentyabr). 2025-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-mart. (Wayback Machine saytida 24 March 2025[Date mismatch] sanasida arxivlangan)
  21. „Inside The Scrumdiddlyumptious World Of Godiva“ (en-US). Delish (2016-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
  22. Peyton, Nellie. „Made with child labor? Major chocolate companies flunk scorecard“. Reuters (2019-yil 10-oktyabr). 2025-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-mart.
  23. „Stiftung Warentest: Diese Schokolade schneidet am besten ab“ (de-DE). Göttinger Tageblatt (2018-yil 21-noyabr). 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
  24. „Stiftung Warentest: Diese Schokolade schneidet am besten ab“ (de-DE). Göttinger Tageblatt (2018-yil 21-noyabr). 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.