Gocha Tkebuchava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gocha Tkebuchava
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gocha Tkebuchava
Tavallud sanasi 24-noyabr 1963-yil (1963-11-24) (60 yosh)
Tavallud joyi Tbilisi, Gurjiston
Boʻyi 1.70 m (5 ft 7 in)
Ampluasi Yarim himoyachi/Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paxtakor (yordamchi murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Dinamo Tbilisi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982 Lokomotivi Tbilisi
1982 Dinamo Tbilisi 0 (0)
1982—1983 Dynamo Moscow 26 (3)
1984—1987 Guria Lanchkhuti 132 (16)
1988 Dinamo Tbilisi 12 (1)
1988—1991 Guria Lanchkhuti 98 (4)
1991—1992 Dinamo Tbilisi 19 (0)
1992—1993 Ilves 42 (8)
1993—1994 Dinamo Tbilisi 1 (0)
1994—1995 Hapoel Ashdod 26 (8)
Milliy terma jamoa
1994 Gruziya 1 (0)
Boshqargan klublari
2001 Dinamo Tbilisi
2004 Gruziya
2012 Baia Zugdidi
2014 Gruziya U-17
2017- Paxtakor Toshkent
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Gocha Tkebuchava (gruzincha: გოჩა ტყებუჩავა; 1963-yil 24-noyabrda tugʻilgan) – gruziyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. Oʻzbekistonning "Paxtakor" klubida murabbiy yodamchisi vazifasida ishlagan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-yilda Tbilisining „Lokomotiv“ jamoasida Sovet Ikkinchi ligasida professional debyut qilgan[1][2]. 1982-1983 yillarda UEFA kubogida Moskvaning „Dinamo“ klubi safida 1 ta oʻyin oʻtkazgan.

Terma jamodagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-yilda Gocha Tkebuchava SSSR yoshlar terma jamoasi tarkibida Meksikada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi, ammo u erda birorta ham oʻyin oʻtkazmadi[3].

U Gruziya terma jamoasidagi yagona oʻyinini 1994-yil 26-iyunda Latviya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi[4].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, Tkebuchava murabbiy boʻldi. 2001-yilda Tbilisining „Dinamo“ jamoasini boshqargan. 2004-yilda u Gruziya yoshlar terma jamoasini boshqargan. 2017-yilning iyun oyidan 2020-yil dekabrigacha Toshkentning „Paxtakor“ klubida bosh murabbiy Shota Arveladzega yordamchi murabbiylik qilgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Umaglesi Liga-1990: ikkinchi oʻrin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Profil FootballFacts.ru saytida
  2. „Динамо (Москва) 3 — 1 Пахтакор (Ташкент)“ (ru). КЛИСФ. 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
  3. „FIFA U-20 World Cup Mexico 1983 Soviet Union“ (en). FIFA.com. 2012-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.
  4. „Gocha Tkebuchava“ (en). EU-Football.info. 2012-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.