Guo Moruo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Go mojodan yoʻnaltirildi)

Go mojo (1892.16.11, Shavan -1978, Pekin) — Xitoy yozuvchisi, shoir, tarixchi olim, jamoat arbobi. Kyusyu universiteti (Yaponiya)ning tibbiyot fakultetini tamomlagan (1923). Xitoy FA prezidenti (1949-yildan). "Maʼbudalar" (1921), "Yulduzlar olami" (1923), "Yangi Xitoy uchun gimn" (1953), "Gullar ochilaversin" (1958) va b. sheʼriy toʻplamlari bor. Milliy ozodlik ("Urush bongi" qikoyalar toʻplami), vatanparvarlik ("Yoʻlbars belgisi", pyesa, 1942) mavzularida asarlar, tanqidiy, publitsistik maqolalar, memuarlar yaratgan. "Quyoshni qutlab" sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr etilgan (1957).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil