Goʻsht-sut va oziq-ovqat nazorati stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goʻsht-sut va oziq-ovqat nazorati stansiyasi - daapat veteri nariya muassasasi; dehqon bozorlarida sotiladigan hayvon va usimliklar mahsulotlari (goʻsht, goʻsht mahsulotlari, baliq, sut, tuxum, don, sabzavot, poliz mahsulotlari va b.)ni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtka-zadi. Shuningdek, stansiya xodimlari mol bozorlarida sotiladigan chorva va parrandalar sogʻligʻini ham nazorat qiladi. Chorvachilik, dehqonchilik va oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, bozor hududi, sotish joylari, savdo-sotiq jihozlari hamda baza, ombor, muzxonalar tozaligini tekshirib turadi. Sotishga yarokli mahsulotlarga veterinariya nazoratidan oʻtganligini bildiruvchi tamgʻa bosadi. Sifatsiz mahsulotlarni sotishga ruxsat bermaydi. St-ya aholi oʻrtasida veterinariyasanitariya masalalari boʻyicha targʻibot ishlarini olib boradi, bozorda sotishga moʻljallangan mahsulotlarda uchragan yuqumli va invazion kasalliklar (kuydirgi, sil, finnoz, trixinellyoz) toʻgʻrisida tuman bosh veterinariya vrachiga oʻz vaqtida axborot beradi.

Bunday nazorat stansiyalari 1957-yilda sogʻliqni saqlash muassasalari ixtiyorida boʻlgan goʻsht nazorati hamda sut nazorati stansiyalarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. St-yalar ishiga respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Veterinariya bosh boshqarmasi rahbarlik qiladi.

Fatxulla Ibodullayev.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil