Amir Temur maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Goʻri Amir Maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Amir Temur maqbarasi 2015
Stamps of Uzbekistan, 2007-33.jpg

Amir Temur maqbarasi, Go‘ri Amir (14-asr oxiri — 1405 y.) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va boshqalar) dafn etilgan. Boburning taʼkidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qalʼasi jan.da Toshqo‘rg‘on — chaqarda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan.

Tarix[tahrir]

Amir Temur maqbarasi O‘rta Osiyo me’mor-chiligining noyob asari sifatida e’tirof etiladi. Maqbara qurilishi 1403 yilda boshlanib, Mirzo Ulug‘bek davrida tugallangan, hamda temuriylar xilxonasiga aylantirilgan.

Maqbara, o‘rta asr Samarqandining janubiy-sharqiy qismida, Temurning nabirasi Muhammad Sulton tomonidan, XIV asrning oxirida bino qildirgan majmua qoshida tiklangan.

Muhammad Sulton 1403 yilda Kichik Osiyo sohillariga qilgan uzoq safaridan qaytib kelayotganda, to‘satdan kasal bo‘lib vafot etadi. Shahzodaning jasadi Samarqandga olib kelinib, ansamblning janub tomonidagi ayvoni orqasidagi dahmaga dafn qilinadi. Amir Temur shahzodaga atab maqbara qurish haqida farmon beradi. Shundan keyin daxma ustiga sakkizyoqli bino quriladi.

Amir Temur vafotidan keyin Shohruh Mirzo Hirotni poytaxt qilib o‘g‘li Mirzo Ulug‘bekni esa Samarqand hokimi qilib tayinlaydi. U mamlakatda madaniyat va qurilish ishlarini rivojlantirib yuboradi. Mirzo Ulug‘bek buyuk bobosiga hurmat yuzasidan sakkizyoqli maqbarani temuriylar avlodi dafn qilinadigan maqbaraga aylantiradi.

Maqbara bitgach, Amir Temurning ma’naviy ustozi Mirsayid Barakaning jasadi shu maqbaraga ko‘chiriladi va Sohibqironning bosh tomoniga dafn etiladilar. Ba’zi rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur pirining oyoq tomoniga dafn qilinishini vasiyat qilgan. Maqbarada Mironshoh va Shohruhlar ham dafn qilingan. Binoning ichi yangidan bezatiladi, maqbara sahniga daxmalar qo‘yilib, atrofi nafis marmar toshdan panjara qilinadi. Maqbaraga 1424 yildan boshlab uning sharq tomoniga taqab qurilgan ko‘p gumbazli galereyadan kiriladi.

Maqbaraning g‘arb va janub tomoniga yondosh qilib qurila boshlagan, lekin chala qolgan ulkan imoratlar Mirzo Ulug‘bek hukmronligining so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelsa kerak. Buyuk astronomning jasadi ham shu xilxonaga dafn qilingan.

Muhammad Sulton majmuasidan faqat peshtoqigina saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan ishlangan bo‘lib, koshinlar bilan devor fonida yaqqol ko‘rinib turadi. Koshinlar orasiga binoni qurgan usta – Muhammad binni Mahmud Isfahoniyning nomi va «Dini jannat dili poklarnikidir», deb jimjimador qilib yozib qo‘yilgan. g‘ishtin ustunlar bezagida girih deb ataluvchi geometrik shakllarga asoslanib, nafis qilib ishlangan kompozitsiya asosiy o‘rinni egallaydi. Gumbazda jez, lojuvard va tillo suvlari ishlatilgan.

Dastlab maqbaraga shimoliy eshikdan kirilgan. Mirzo Ulug‘bek tomonidan sharqiy eshik 1425 yilda ochilgan, chunki Mir Sayyid Barakaning bosh tomonlaridan kirishni Mirzo Ulug‘bek hurmatsizlik deb hisoblagan. 1868 yilda Chor Rossiyasi istilosi yillarida maqbara darvozalari o‘g‘irlab ketilgan. Sohibqiron Amir Temur saroyi darvozalaridan biri Londonda, yana biri Ermitajda va uchinchi eshik esa O‘zbekiston madaniyati va tarixi davlat muzeyi fondida saqlanmoqda. Hovlining sharq tomonidagi devor ortida Muhammad Sulton madrasasining qoldiqlari ko‘rinib turadi. Chorsu hovlisining atrofiga ikki qavatli hujralar tushirgan.

Madrasaning burchaklarida gumbazli darsxonalar bo‘lgan. Maqbara devorlariga zangori, havo rang va oq sirli koshinlar qoplangan, bu koshinlar geometrik shaklda terilib, arabcha xat bitilib, ustalik bilan ishlangan. Me’mor bir-biriga mos shakllardan foydalanib, binolarning katta sathlarini mohirlik bilan bezagan.

Maqbaraning tashqi tomoni bunyod qilinganda uning gumbaziga katta ahamiyat berilgan. Gumbaz ostki qismining aylanasi 15 metr, balandligi 12,5 metr bo‘lsada, uning og‘irligi sezilmaydi. Gumbazning rang-barang qilib ishlanishi katta ahamiyatga ega. Gumbazda havo rang ko‘proq ishlatilgani uchun bu rang gumbazning egri chiziqli qobirg‘alarida tovlanib, quyoshda charaqlab, guyo osmonga qadalib turadi. Gumbazning usti sirli koshinlar bilan qoplangan. Sharafalarida ham shunday koshinlardan hajmi bir-biriga mos qilib ishlangan chiroyli jimjimalar bor. Maqbaraning tashqi gumbazi yodgorlikning tashqi qiyofasi yanada salobatli bo‘lishi uchun uning ustiga ikkinchi gumbaz o‘rnatilgan.

Galereya zallarining shaklini devorlar qoldig‘idan, devorga ishlangan bezaklarni esa sharafa parchalaridan bilsa bo‘ladi. Inshootning qanchalik katta bo‘lganligini uning g‘arb tomonida bitmay qolgan majmuaga qarab aniqlash mumkin. Katta zaldan uni to‘rt tomoniga qachonlardir qo‘yilgan to‘rtta ravog‘idan bittasigina saqlanib qolgan. Eni 10 metrlik ravoqning ikki tomonidan yo‘lak o‘tgan. Yo‘lakning shimol tomonidan qo‘sh gumbazli ikki qavatli binoga, janub tomondan esa galereyaga kiriladi. Amir Temur maqbarasi va dahmasiga shu galereyadan o‘tiladi. Demak, maqbara atrofi binolar bilan o‘ralgan ekan.

Muhammad Sulton xonaqohi va madrasasidan devor qoldiqlari va koshin parchalarigina saqlangan. Shu qoldiqlar asrlar bo‘yi pinhon bo‘lib kelgan inshoot sirini bilishga imkon berdi. Xonaqoh o‘rtasida katta gumbazli keng zal, zalning atrofida ikki qavatli, biridan ikkinchisiga o‘tiladigan xonalar bo‘lgan, bu xonalarning ba’zilarida kishilar yashagan, ba’zilari qaznoq bo‘lgan. Hovli atrofini o‘rab turgan devorlar ikki qavatli bezakli ravoqlarga bo‘lingan. Hovlining tashqi burchaklarida to‘rt minoralar bo‘lgan. Yuqoriga ko‘tarilgan sari ingichkalashib borgan minora Registon maydonidagi Mirzo Ulug‘bek madrasasi minoralari kabi sharafa bilan bezatilgan. Minoraning asosi bilan tepasi orasidagi tafovut koshin plitalar terishda ustalik bilan bartaraf qilingan. Koshinlar har bir qatoriga bir xil miqdorda koshin plitalar terilgan holda, ular orasidagi choklar yuqoriga ko‘tarilgan sari torayib boradi va tepasiga yetib tutashadi. Mirzo Ulug‘bek davrida maqbaraga kirish uchun qurilgan eshikning yoni va tepalari nafis bezatilgan. Ilgari eshik tepasida: «Bu shavkatli Amir Temurning qabri...» deb yozilgan koshinli lavha bo‘lgan (bu plita hozir Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi). Maqbaraga qator gumbazli galereyadan o‘tib kiriladi.

Galereyadan o‘tib, Temuriylar maqbarasiga kiriladi. Maqbara g‘oyatda nafis bezatilgan. Devorning pastki qismida ko‘kimtir shaffof oniks toshidan ishlangan izora bor. Oniksning choklari ko‘kimtir toshlar terib bezatilgan. Maqbaraga rangdor oynalar solingan panjarali darchadan yorug‘lik tushadi. Shu oynalardan o‘tib tushgan quyosh nuridan maqbara ichi rang-barang tovlanib turadi.

Maqbaraning o‘rtasiga o‘rnatilgan sag‘analar ustida Temuriylarga bag‘ishlangan yozuvlar bor. Shular orasida Amir Temurning qabri ustiga qo‘yilgan to‘q yashil rangli nefrit tosh diqqatni o‘ziga jalb etadi. Mirzo Ulug‘bek 1425 yilda mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonganda qo‘lga kiritilgan o‘ljalar ichida ikki bo‘lak nefrit ham bo‘lgan. Shu ikkala toshni yaxshilab ishlab, bir-biriga ulab, Amir Temur qabri ustiga quyilgan. 1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Buxoro xonligini zabt etgan vaqtida (o‘sha vaqtda Samarqand Buxoro xonligiga qarar edi) Amir Temur qabri ustidagi toshni Mashhadga olib borishga buyruq bergan. Lekin, shakkok bo‘lishdan cho‘chigan Nodirshoh bu niyatidan qaytgan va o‘sha zamon uchun uzoq va qiyin bo‘lgan safarlardan keyin toshni yana qaytadan joyiga keltirib qo‘ydirgan.

Maqbaraning sharq tomonidagi ravoqda pastga tushadigan zina bor. Bu zinadan maqbaraning ostki qavatidagi dahmaga tushiladi. Ostki qavatdagi binoning shipi o‘n ikki qirrali gumbaz qilib qiya ishlangan, ichki bezaklari juda sodda. Temuriylarga qo‘yilgan sag‘analar yuqori qavatda qanday tartibda bo‘lsa, bu yerda ham shu tartibda. Har qaysi qabr usti marmartosh bilan qoplangan.

1994-1996 yillarda maqbarada katta hajmdagi ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshirildi.


Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egalla-gan. Hovlining jan.da gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga jan. dan, Ulug‘bek qurdirgan dalon (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyorat-xonasi baland toqi — ravoqli, tepa-si yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashki gumbazi 64 qobirg‘ali, baland poygumbaz (diametri — 15 m, bal. 12,5 m)ga o‘rnatilgan.

Ziyoratxona o‘rtasidagi marmar panjara bilan o‘ralgan murabba xazira sahniga qator qabrtoshlar qo‘yilgan. Yuqorisi (to‘ri)da Amir Temurning harbiy yurish-larida unga hamroh bo‘lgan va uning yuk-sak hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‘anasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o‘zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evara-larining qabr toshlari qatʼiy tartib-da joylashtirilgan. Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshini Ulug‘bek Mo‘g‘ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‘ymakori yozuvlarda bitilgan. Hamma sag‘analar Ulug‘bek tomonidan yaxlit o‘yma mar-mar panjara bilan o‘ralgan. Ziyoratxona-ning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatidagi go‘rxonaga tu-shiladi. Go‘rxona sakkiz qirrali. Undagi sag‘analar yuqrri qavatda qanday joylash-gan bo‘lsa, bu yerda ham shu tartibda joy-lashgan. Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning 431har biri yuksak sanʼat asaridir. Ziyorat-xona serhasham bezaklarga boy. Bo‘rtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi yashil toshdan girih shaklida terilgan. To‘rtta chuqur ravoqlardagi darchalarga o‘sha vaqtda rangli oyna o‘rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus ol-gan. Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar alohida ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqbaraning g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yon-dashgan. Taxminlarga ko‘ra bu peshtoq qoldiklari 17-a.ga mansub.

Maqbaraning mutanosiblik nisba-ti, naqshlari, turli bezaklari katta mahorat bilan bajarilgan. Tashqi peshtoq darvozasining tepasida meʼmor — usta "Muhammad binni Mahmud al-banno Is-faxoniy" nomi saqlangan. Keyinchalik maqbara bir necha bor taʼmirlandi, gum-bazi qayta tiklanib, xonaqoh va Madra-sa qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar taʼmir etildi. 1941 yilda musulmon odatiga zid ravishda Amir Te-mur va Ulug‘bek qabrlari ochib tekshiri-lib, ular ruhlari bezovta etildi.[1]

Markaziy Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etilgan Amir Temur maqbarasining qurilishi 1403-yilda boshlanib, 1424-yilda tugatilgan.[2] Maqbara Amir Temurning taxt vorisi, deb eʼlon qilingan nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirilgan. Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyoga qilgan safari vaqtida, 29 yoshida bevaqt vafot etadi. Shahzoda Samarqandga keltirilib, dastlab masjidning xonaqosida dafn qilinadi.


Maqbara arxitekturasi[tahrir]

Maqbara sakkiz burchakli gumbaz asosida barpo etilgan. Hozirgi zamon mutaxassislarini ham birmuncha oʻychanlik bilan fikrlashga undaydi.

Binoning moʻtadil haroratini saqlash, Sharqona qurilish uslublari orqali el ardogʻida boʻlgan shaxslarni oʻziga xos hurmat bilan ulugʻlash, ularning buyukligini bejirim bezaklar orqali ifodalash kabi xususiyatlari har qanday kishini lol qoldiradi.

Sohibqiron Amir Temur ham ushbu maqbaradan (1405-yil) abadiy qoʻnim topgan.

1409-yilda Amir Temurning kenja oʻgʻli, Xuroson hukmdori Shohrux Mirzo otasining maʼnaviy piri Mirsaid Barakaning jasadini (turbati) Andxoydan olib keltirib, shu maqbaraga, Sohibqironning bosh tomoniga dafn ettiradi. Bu bilan otasi — Amir Temurning vasiyatini bajaradi.

1424-yilda Mirzo Ulugʻbek tomonidan maqbara sahniga qabrtoshlar qoʻyilib, atrofi nafis marmar toshdan qilingan panjara bilan oʻraldi va koʻk gumbazli galeriya qurilib, ziyoratxonaga Sharq tomon dan kirilishi taʼminlandi.

Maqbaraning ichki tomoni tilla suvi yugurtirilgan boʻrtma qogʻoz naqshi bilan bezatilgan.

Bezaklarda ishlatilgan kompozitsiyada Qurʼoni Karim oyatlari islomiy, handasaviy naqshlar hamda arabiy xattotlik sanʼatining kaligrafik naqshlari bilan bitilgan.

Maqbaraga, shuningdek, Mironshoh Mirzo va Shohrux Mirzo ham dafn etilib, temuriylar xilxonasiga aylangan.

1449-yilda Mirzo Ulugʻbek ham shu maqbaraga, bobosining poyiga dafn etilgan.

Mustaqillikdan soʻng[tahrir]

Mustaqillik yillarida, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi va Mirzo Ulugʻbek tavalludi ning 600 yilligi munosabati bilan maqbarada katta hajmda taʼmirlash ishlari olib borildi. XIX asr ning oxirida qulab tushgan minora va gumbazning zar qubbasi qayta tiklandi.

Galereya[tahrir]

Manbalar[tahrir]













  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Samarqand viloyati rasmiy sayti