Goʻng darvozasi
| Goʻng darvozasi | |
|---|---|
|
Goʻng darvozasi | |
| Muqobil nomlari | Silvan darvozasi, Magʻariba darvozasi, Marokash darvozasi |
| Umumiy maʼlumot | |
| Turi | Shahar darvozasi |
| Shahar | Quddus |
| Koordinatalar | 31°46′29″N 35°14′2″E / 31.77472°N 35.23389°E |
| Goʻng darvozasi | |
Goʻng darvozasi (ibroniycha: שער האשפות), shuningdek, Bob al-Magʻariba (arabcha: باب المغاربة)[1][2], Mugʻrobiy darvozasi, Marokash darvozasi[3] yoki Silvan darvozasi[2] nomi bilan ham tanilgan. Quddusning Eski shahar darvozalaridan biri hisoblanadi. XVI asrda Usmoniylar tomonidan kichik orqa darvoza sifatida qurilgan, birinchi marta 1952-yilda Iordaniya tomonidan, soʻngra 1985-yilda Isroil hukumati tomonidan avtomobillar harakati uchun kengaytirilgan[4]. Goʻng darvozasi Eski shahardan chiqadigan transport vositalari va Yigʻi Devoriga yoʻl olgan avtobuslar uchun asosiy oʻtish joyi hisoblanadi.
Nomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Goʻng darvozasi dastlab Magʻribiy darvozasi nomi bilan tanilgan. Bu nom shimoliy afrikaliklar yashagan Magʻribiy mahallasiga, tarixan darvoza ichida joylashgan hududga ishora qiladi. Bu nom, shuningdek, qadimiy Magʻribiy mahallasi joylashgan hududga qaragan va yuqoridan Maʼbad togʻiga kirishga imkon beradigan boshqa darvozaga ham nisbatan ishlatilgan.
Magʻriblik musulmonlar Salohuddin bilan birga jang qilganlarida koʻrsatgan mardliklari bilan mashhur boʻlgan. Salohiddin ularni shaharni qayta islomlashtirish maqsadida Al-Aqso masjidining gʻarbiy tomoniga joylashtirgan. Uning oʻgʻli al-Afdal Ali esa keyinchalik Magʻribiy mahallasini (Harot al-Magʻoriba) va Afzal madrasasini barpo etgan. Biroq butun mahalla Olti kunlik urushdan soʻng Isroil tomonidan buzib tashlangan va uning oʻrnida Gʻarbiy devor maydoni barpo etilgan[5].
XIX asrda sionistlar bu darvozani „Goʻng darvozasi“ (ivritcha: שער האשפות, Shaʼar Haʼashpot) deb atay boshladilar. Bu nom qadimiy Quddus devoridagi Eski Ahd (Nehemiya 3:13–14)da zikr etilgan darvozani yodga olish maqsadida qoʻyilgan boʻlib, u Ikkinchi Maʼbad davrida Silom hovuzi yaqinida joylashgan edi. Oʻsha qadimiy darvoza, ehtimol, Yahudiylar maʼbadidan chiqarilgan chiqindilar Hinnom vodiysiga olib borilib yoqilganidan kelib chiqqan holda „Goʻng darvozasi“ deb atalgan. XIX asrda bu nom dastlab devor minorasidagi kichik toʻrtburchak yon darvozaga koʻchirilgan[2].
„Silvon darvozasi“ nomi esa darvozaning tashqarisida, uning janubi-sharqiy qismida joylashgan Silvon qishlogʻi nomidan kelib chiqqan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Darvoza 1537–1541-yillarda Sulton Sulaymon hukmronligi davrida qurilgan yangi shahar devorlari tarkibida barpo etilgan. Dastlab darvozaning ochilishi atigi 1,5 metr kenglikda boʻlib, usti kamon shaklida qurilgan va faqat piyodalar hamda yuk hayvonlari oʻtishi uchun moʻljallangan edi[4]. Dastlab darvoza, aniqrogʻi yon darvoza, ichki darvoza minorasini oʻz ichiga olgan, biroq bu minora Usmoniylar davri tugashidan oldin buzib tashlangan[6]. Usmoniylar hukmronligi oxirlariga yaqin devor tashqarisiga yangi darvoza minorasi yoki darvoza binosi qoʻshilgan, u XVI asr mudofaa inshootlari uslubiga mos ravishda qurilgan edi[6]. Bu tashqi minora esa 1938-yilda Britaniya Mandati davridagi rasmiylar tomonidan, ehtimol devorlarga ularning asl koʻrinishini qaytarish maqsadida buzib tashlangan va shu orqali qadimiy tosh bezaklari yana ochib berilgan[6][7].
Iordaniya va Isroil modernizatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yilda Iordaniya hukumati darvozani avtomobil va avtobuslar oʻtishi uchun kengaytirganida ustki kamon qismi ostiga temir-beton toʻsin oʻrnatilgan[4][7]. 1984–1985-yillarda darvoza yana kengaytirildi, bunda eski kamon va boshqa dekorativ elementlar balandlatilgan, ochilish qismi balandligi 4,5 metrga yetkazilgan[4][7]. Hozirgi darvoza temir-betondan qurilgan boʻlsa-da, tosh bilan qoplangan. Yangi loyihalash eski hamda yangi elementlarni umumiy shahar devori uslubini buzmasdan uygʻunlashtirishga yordam beradi[4]. Bu oʻzgarish natijasida darvoza ochilishi Iordaniya davridagi tekis lintel oʻrniga yanada egri chiziqli shaklda yopiladi[6]. Landshaft meʼmori Shlomo Aronson hamda meʼmor Arthur Kutcher oʻsha davr Quddus hokimi Teddy Kollek tomonidan asos solingan „Jerusalem Foundation“ qarorini amalga oshirishda hamkorlik qilgan, bunga ziyoratchilar oqimining keskin oshishi sabab boʻlgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Michael Avi-Yonah. Jérusalem. Keter, 1973 — 78-bet. ISBN 9780706513257. „Dung Gate (Bab al-Maghariba, or Moor Gate, because of its proximity to the quarter of the Maghreb Muslims)“
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Dung Gate“ (en). Jerusalem Municipality. Qaraldi: 2023-yil 11-mart.
- ↑ Landmarks. „Moroccan Gate (Bab al-Magharib)“ (en-GB). IslamicLandmarks.com (2014-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 5-may.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 „Dung Gate Jerusalem“. Shlomo Aronson Architects. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
- ↑ Al-Jallad, I.. معالم المسجد الأقصى تحت المجهر [Al-Aqsa Mosque landmarks under the microscope]. Baytul Maqdis Center for Literature, 2017.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 „The Conservation of Jerusalem's City Walls: The Dung Gate Section“. Israel Antiquities Authority. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Dung Gate. The Jerusalem Foundation.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bab al-Maghariba (Wayback Machine saytida 2019-10-15 sanasida arxivlangan) 2019-10-15 Wayback Machine-da saqlangan
- Dung darvozasining rasmlari
- Moorlar sayti