Goʻng chivinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Goʻng Chivinlaridan yoʻnaltirildi)

Goʻng chivinlari (Scatophagidae) — ikki qanotli hasharotlar turkumi oilasi. Goʻng bilan oziqlanadigan koprofag hayvonlar. Goʻngda, odatda, sariq G.ch. (Scatophaga stercoraria) koʻp uchraydi. Sariq G.ch.ning uz. 10 mm gacha, tanasi qalin sargʻish tuklar bilan qoplangan. Qurtlari goʻng va chiqindilarda yashaydigan mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik G.ch.ning hayoti goʻng bilan bogʻliq emas. Ular orasida oʻsimliklarga ziyon keltiradigan turlari ham bor. Yovvoyi va madaniy boshoqdoshlar (javdar, timofeevka)ga boshoq chivinlari (Anraurosoma)ning qurtlari oʻsimliklar bargi va generativ organlariga ziyon keltiradi. G.ch. oilasiga 500 dan ortiq tur kiradi. Koʻpchilik turlari chiriyotgan oʻsimliklar bilan bogʻliq.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil