Global jurnalistika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Global jurnalistika - global dunyoqarashni o'z ichiga olgan va global muammolar kabi milliy chegaralardan tashqarida bo'lgan muammolar haqida xabar beruvchi yangiliklar majmuasi hisoblanadi. U bir nechta milliy davlatlar va mintaqalar o'rtasidagi munosabatlarga ta'sir ko'rsatadigan muammolar haqida xabar bergan holda transmilliy yangiliklarga qaratilgan.[1][2][3] Global jurnalistikani xorijiy yangiliklar bilan chalkashtirib yubormaslik kerak, u ichki kontekstda xorijiy muammolar haqida xabar beradi va dunyoning ko'plab mintaqalari o'rtasida umumiylikni topishni o'z ichiga olmaydi.[1] Bundan farqli o'laroq, global jurnalistika dunyoning ko'plab qismlarida sodir bo'layotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ekologik hodisalarning qanday bog'liqligini va umumiy xususiyatlar milliy chegaralardan tashqarida mavjudligini o'rganish va istemolchilarga yetkazishga intiladi.[1]

Global jurnalistika globallashuv natijasida shakllangan va o'zaro bog'langan hamda umumiy bog'liqlikda bo'lgan dunyodan yaratilgan. Globallashuv dunyo miqyosida turli ijtimoiy voqeliklar o‘rtasidagi murakkab a'loqalar mavjudligini ochib berdi, shuning uchun global jurnalistika bu munosabatlarni o‘rganuvchi, shuningdek, ularni kundalik hayotda yangiliklarga aylantiruvchi yangiliklar uslubidir.[1] U alohida boʻlib koʻringan voqealarni birlashtirib, ularni har kuni dunyodagi xalqlar va joylar bilan bogʻlaydigan transmilliy yangiliklarning raqobatbardoshligini rivojlantirishi kerak, chunki globallashuv kundalik jarayondir.

Ta'riflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stiven Uord kabi olimlarning fikricha, an'anaviy media amaliyotlari har doim global miqyosda emas, balki milliy miqyosdagi yangiliklar bilan shug'ullanishga mo'ljallangan, bu esa nashrning global miqyosdagi yangiliklarni tarqatish jarayoniga salbiy ta'sir qiladi.[2] Global jurnalistika ushbu sohaning o'zgaruvchan dunyoda yashab qolishi uchun global odob-axloq qoidalariga e'tibor qaratadi .[2] Piter Berglezning fikricha, global jurnalistikaning diqqat markazida globallashuv tufayli yuzaga kelgan hamda murakkablashib borayotgan munosabatlar va global jurnalistikada mavjud bo'lsa-da, u hali uslub sifatida belgilanmagan va o'rganilmagan shuningdek ko'pincha xalqaro jurnalistika bilan aralashib ketadi.[1] U, shuningdek, global jurnalistikani uch xil turga - global makon, global kuchlar va global o'ziga xosliklarga ajratadi. Uning fikricha, global jurnalistikaning umumiy omili global jurnalistikaning yangilik uslubi sifatida empirik tadqiqotlarida foydali bo'lishi mumkin.[1] Global makon dunyoni bir vaqtning o'zida bir nechta hududlarda hodisa sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yagona joy sifatida ko'rib chiqishni anglatadi.[1] Global kuch deganda global jurnalistika hokimiyatni qanday ifodalashini anglatadi, chunki u transmilliy va global kuch yaratmoqda hamda shu tariqa milliy davlatlar ichida chegaralangan milliy kuchlarni asta-sekin oshkor qilmoqda.[1]Muhimi shundaki, global o'ziga xoslik milliy hududlardan tashqarida bo'lgan transmilliy o'ziga xoslikning namoyon bo'lishini anglatadi.[1] Ommaviy axborot vositalarida global o'ziga xoslik qanday sodir bo'lishi haqida aniqroq ma'lumot olishning Berglez uchta usulini aniqlaydi. Birinchidan, yangiliklar global kuchlarning kurashini o'z ichiga oladi.[1] Ikkinchidan, jamoatchilikni umumiy dunyo aholisi sifatida global kontekstga joylashtirish orqali amalga oshadi.[1] Shuningdek, butun dunyo bo'ylab o'xshash shaxiy ma'lumotlarni nishonga olish orqali. [1]

Sara Van Leuven va Piter Berglez an'anaviy xorijiy ommaviy axborot vositalaridan tashqarida sodir bo'ladigan global jurnalistika hodisalarini belgilaydilar.[4] Ularning fikriga ko'ra, global jurnalistikani turli yo'llar bilan aniqlash mumkin. Ammo, bu kontekstda u aloqa va media tadqiqotlarining kengroq sohalariga oiddir. Keyin ular globallashuv va raqamlashtirish tufayli rivojlanayotgan dunyoning turli qismlaridagi voqealar, hikoyalarning o'zaro bog'liqligini baholaydigan amaliyot sifatida belgilashga harakat qilishdi.[4]

Kottl global jurnalistikani global o'zaro bog'liqlik, chegarasizli hamda harakatchanlik asoslariga asoslangan jurnalistika sifatida belgilaydi.[5]

Global dunyoqarash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Global dunyoqarash global voqealarni alohida mamlakatlar yoki mintaqalar o'rtasida joylashtirgan ichki yoki xorijiy farazlardan farqli o'laroq, global ijtimoiy voqelik kontekstida joylashtiradi hamda bu voqealar ma'lum bir mintaqaga qanday ta'sir qilishini tushuntiradi.[1] Bu shuni anglatadiki, global jurnalistika yangiliklar auditoriyasiga milliy davlatlar bilan bog'liq bo'lgan segmentlangan populyatsiyalar emas, balki yagona global shaxs vakillari sifatida murojaat qiladi. U tushuntirish uslubini, tanlangan mavzu va manbalarni topishda har doim global kontekstda hikoyalarni tuzish orqali xalqaro dunyoqarash va transmilliy murojaat uslubiga erishadi.[1] Global dunyoqarash turli millatlarning bir nechta nuqtai nazarlarini ko'rib chiqadi va har qanday davlatlarning manfaatlarini qo'llab-quvvatlamaydi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvalo, global jurnalistika tarixini tushuntirish uchun shuni aniqlash kerakki, global jurnalistika jurnalistika sohasi orasida keng ko'lamli va global jamoat sohasiga xizmat qiladigan yangi amaliyotdir. Shuni hisobga olsak, bu hali hanuz muhim bo'lgan konsepsiyani talab qiladigan mutlaqo yangi tushunchadir. Bir so'z bilan aytadigan bo'lsak, global jurnalistika jadallik bilan rivojlanmoqda, ammo akademiklar va olimlar nafaqat empirik dalillarga, balki atamaning to'g'ri mohiyatiga ham ega emaslar.[1]

Global jurnalistikaning dastlabki variantini XIX asrda xalqaro yangililar agentliklari paydo bo'lganida ko'rish mumkin.[6] Ammo, asosiy dalillarni 1980-yillardan boshlab, texnologik o'zgarishlar, yangiliklar va siyosiy a'loqalarni tarqalish jarayonini o'zgartirgandan beri ko'rish mumkin.[6] Xususan, sunʼiy yoʻldosh tizimimining rivojlanishi, texnologik oʻzgarishlar yangilik va axborotni transmilliy miqyosda tarqatish imkonini berdi va shu tariqa global jurnalistikaning asosini shakllantirdi.[6] "Nisbiylik" tarmoqlaridan "bog'lanish" tarmoqlariga o'tish global ijtimoiy soha tushunchalarini yaratdi.[6]

Misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Global jurnalistika tushunchasi hali juda yangi bo'lgani uchun aniq misollar keltirish qiyin. Lekin, namuna sifatida ko‘rib chiqilish orqali qaysi axborot vositalari yoki tashkilotlarning qaysidir ma’noda “global istiqbol”[1] deb hisoblanishini ko‘rishdan iborat. Ya'n, faqat global jurnalistika haqida xabar beradigan ommaviy axborot vositalari mavjud emasligi sababli, global jurnalistikaning aniq namunasi deb hisoblanishi mumkin bo'lgan misollar ko'p. Ammo shuni ta'kidlab o'tish joizki, quyidagi axborot vositalari va tashkilotlarni global jurnalistikaning dastlabki namunalari sifatida ko'rish mumkin.

CNNI xalqaro
  • CNN International (CNNI) - moliyaviy tashkilotlarning global prognozini taqdim etadi [1][6]
  • BBC World - moliyaviy tashkilotlarning global prognozini taqdim etadi [1][7]
  • Reuters - moliyaviy markazlarning global prognozini taqdim etadi[1]
  • Le Monde - garchi bu milliy gazeta bo'lsa-da, u global nuqtai nazarga katta e'tibor beradi[4]
  • BBC World Service Television (BBC-WS-TV) - butun dunyo bo'ylab dasturlarni taqdim etadi [6]
  • Al-Jazira - arab hamjamiyatining xalqaro yangiliklar kanali [6]
  • ZEE TV - butun dunyo bo'ylab hind hamjamiyatiga qaratilgan ommaviy kanal [6]
    ZEE TV

Ushbu misollarga qo'shimcha ravishda, Van Leuven va Berglez ham yangiliklar mazmunining milliy nuqtai nazardan global nuqtai nazarga o'tishini ko'rsatadigan tadqiqotlar mavjudligini aniqladilar.[4] Bundan tashqari, Kottl global inqirozlarni global prognoz orqali taqdim etish tendensiyalariga ham e'tibor beradi. [5]

Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 Berglez, Peter (2008-12-01). "What Is Global Journalism?". Journalism Studies 9 (6): 845–858. doi:10.1080/14616700802337727. ISSN 1461-670X. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Ward, Stephen J. A.. Global Journalism Ethics (en). McGill-Queen's Press - MQUP, 2010-03-26. ISBN 9780773585225. 
  3. (Arrie), De Beer, A. S.. Global journalism : topical issues and media systems. Pearson, Allyn and Bacon, 2009. ISBN 9780205608119. OCLC 228744366. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Van Leuven, Sarah; Berglez, Peter (2015-03-10). "Global Journalism between Dream and Reality". Journalism Studies 17 (6): 667–683. doi:10.1080/1461670x.2015.1017596. ISSN 1461-670X.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":2" defined multiple times with different content
  5. 5,0 5,1 Cottle, Simon (2011-07-27). "Taking global crises in the news seriously: Notes from the dark side of globalization". Global Media and Communication 7 (2): 77–95. doi:10.1177/1742766511410217. ISSN 1742-7665.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":6" defined multiple times with different content
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 Journalism : critical issues, Allan, Stuart., Maidenhead, England: Open University Press, 2005. ISBN 0-335-22401-6. OCLC 567976091. 
  7. Lindell, Johan; Karlsson, Michael (2016-04-04). "Cosmopolitan Journalists?". Journalism Studies 17 (7): 860–870. doi:10.1080/1461670x.2016.1165137. ISSN 1461-670X. 

Qo'shimcha o'qish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]