Glen Kamara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Glen Kamara
2015-yil Kamara Finlandiya U21 safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Glen Adjei Kamara[1]
Tavallud sanasi 28-oktyabr 1995-yil (1995-10-28) (28 yosh)[2]
Tavallud joyi Tampere, Finland
Boʻyi 1.81 m[3]
Ampluasi Yarimhomoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rangers
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003-2007 OT-77
2008 EPS
2011-2012 Southend United
2012-2015 Arsenal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2017 Arsenal 0 (0)
2016 Southend United (ijara) 6 (0)
2016-2017 Colchester United (ijara) 4 (0)
2017-2019 Dundee 54 (0)
2019- Rangers 97 (5)
Milliy terma jamoa
2013 Finlandiya U19 3 (0)
2015-2017 Finlandiya U21 12 (0)
2017- Finlandiya 46 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-iyul uchun)

Glen Adjei Kamara (1995-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) — finlandiyalik professional futbolchi, Scottish Premiership „Rangers“ klubi va Finlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

U oʻzining faoliyatini „Arsenal“da boshladi, u yerda Football League kubogida bir marta zaxiradan maydonga tushgan va keyinchalik „Southend United“ va „Colchester United“ jamoalarida ijarada oʻynagan. Dundee jamoasida 18 oydan soʻng, u 50 ming funt evaziga Shotlandiya Premer ligasining „Rangers“ jamoasiga qoʻshildi. U 2020-21-yilgi mavsumda liga chempionligini qoʻlga kiritganida, PFA Shotlandiyada yilning eng yaxshi jamoasi sifatida eʼtirof etildi.

Kamara 2017-yilda Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan. U UEFA Yevro 2020 turniri uchun klubning tarkibiga kiritilgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamara 2015-yil"Arsenal U21" safida

Tampere shahrida (Finlandiya) serra-leonelik oilada tugʻilgan Kamara oʻz faoliyatini Angliyada Westway of Ladbroke Grove jamoasida boshlagan[4], 2012-yilda Arsenalga oʻtishdan oldin Southend United yoshlar jamoasida oʻynagan[5].

Kamara dastlab klub akademiyasiga qoʻshildi. U 2014-yil dekabr oyida „Arsenal“ning „Galatasaroy“ga qarshi Chempionlar ligasi oʻyinida zaxirada qoldirildi[6]. Kamara 2015-yilning 27-oktabr kuni 20 yoshga toʻlishidan bir kun oldin „Arsenal“ safidagi yagona oʻyinini „Sheffild Wednesday“ga qarshi oʻtkazdi[7].

2016-yilning 22-yanvarida Kamara mavsumning qolgan qismini ijara asosida League One klubi Southend jamoasida oʻtkazdi[8][9]. U barcha oʻyinlarda asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida oʻynadi.

Dundee[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 13-iyulida Kamara Dundee bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[10]. U klubdagi debyutini Shotlandiya Liga kubogi doirasidagi „Raith Rovers“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va oʻyinda eng yaxshi oʻyinchi boʻldi[11].

Rangers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 5-yanvarida Kamara „Rangers“ bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[12]. 31-yanvar kuni bu kelishuv ikki klub oʻrtasida 50 000 funt sterlinga baholandi[13]. U 2019-yilning 27-fevralida oʻzining sobiq klubi Dundee ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda professional faoliyatidagi ilk golini kiritdi[14].

2021-yil 18-mart kuni Kamara Praganing „Slavia“ klubi futbolchisi Ondjey Kudelani Yevropa Ligasi pley-off oʻyinida irqchilikda ogʻzaki haqoratda aybladi[15][16]. Kudela irqchilik haqidagi daʼvolarni rad etdi va oʻyindan soʻng Kamara stadion kirish joyida UEFA rasmiylari va Rangers murabbiyi Steven Gerrardning koʻz oʻngida Kudelaga jismoniy tajovuz qilganini daʼvo qildi[17]. 14-aprel kuni UEFA rasman Kamara va Kudelani aybdor deb topdi. Kudela irqiy haqorat qilgani uchun UEFAning 10 ta oʻyiniga diskvalifikatsiya qilindi, Kamara esa tajovuz qilgani uchun uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi[18].

2021-yil 22-sentyabrda Kamara klub bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi, unga koʻra u klubda 2025-yilning yoziga qadar qoladi[19].

Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamara Finlandiyanining 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasida toʻp surgan. U 2015-yilning iyun oyida Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa safida zaxira oʻyinchisi boʻlgan[20]. 2017-yil 9-noyabr kuni u oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi[21]. U 2018-yilning 15-oktyabr kuni UEFA Millatlar Ligasida Gretsiya ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda terma jamoa safidagi ilk golini kiritdi[22].

Kamara Finlandiyaning birinchi yirik turniri, UEFA Yeuro 2020 musobaqasiga terma jamoaga jalb etilgan[23].

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safda mavsum va musobaqalarda oʻyinlari va gollari
Klub Mavsum League National cup League cup Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Arsenal 2015-16 Premier League 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2016-17 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
Southend United (ijara) 2015-16 League One 6 0 0 0 0 0 0 0 6 0
Colchester United (ijara) 2016-17 League Two 4 0 0 0 0 0 2 0 6 0
Dundee 2017-18 Scottish Premiership 37 0 3 0 6 0 46 0
2018-19 17 0 0 0 2 0 - 19 0
Jami 54 0 3 0 8 0 0 0 65 0
Rangers 2018-19 Scottish Premiership 13 1 3 0 0 0 0 0 16 1
2019-20 19 0 1 0 4 1 15 0 39 1
2020-21 33 1 3 0 2 0 13 1 51 2
2021-22 31 3 3 0 3 0 15 1 52 4
2022-23 1 0 0 0 0 0 1 0 2 0
Jami 97 5 10 0 9 1 44 2 160 8
Faoliyatidagi umumiy natija 161 5 13 0 18 1 46 2 238 8

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa safida yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Finlandiya 2017-yil 1 0
2018 8 1
2019 10 0
2020 8 0
2021-yil 13 0
2022 6 0
Jami 46 1

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rangers

Shaxsiy sovrinlari

  • PFA Shotlandiyaning yil oʻyinchisi: 2020-21 (Shotlandiya Premer ligasi)[28]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of Temporary Transfers of Players under Written Contract Between 01/08/2016 and 31/08/2016“. The Football Association. Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  2. „Glen Kamara“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  3. „Glen Kamara: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  4. „Kamara to cap journey to the top“. Herald, Scotland (2022-yil 15-may), s. 82. Qaraldi: 2022-yil 15-may.
  5. Phillips, Chris. „Glen Kamara wants to repay Southend United after returning on loan from Arsenal“. Southend Echo. Newsquest (2016-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 13-may.
  6. „Galatasaray 1-4 Arsenal“. Soccerway.
  7. „Sheffield Wednesday 3-0 Arsenal“. BBC Sport (2015-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 27-oktyabr.
  8. Karen, Mattias. „Arsenal's Glen Kamara returns to Southend United on loan“. ESPN FC (2016-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  9. „Southend United sign Arsenal's Glen Kamara on loan“. Southend United F.C.. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
  10. „Dundee sign up midfielder Glen Kamara after Arsenal release“. BBC Sport. BBC (2017-yil 13-iyul). Qaraldi: 2017-yil 13-iyul.
  11. „Glen Kamara“. Dundee FC.co.uk. 2018-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  12. „Rangers: Kilmarnock's Jordan Jones and Dundee's Glen Kamara sign four-year pre-contract deals“. BBC Sport. BBC (2019-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
  13. „Glen Kamara completes Rangers move from Dundee after clubs agree fee“. BBC Sport (2019-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 1-fevral.
  14. „Rangers 4–0 Dundee“. BBC Sport (2019-yil 27-fevral). Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  15. „Glen Kamara: Rangers midfielder reveals extent of alleged racist abuse suffered in Slavia Prague Europa League tie“. Sky Sports (2021-yil 20-mart). Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  16. „Enough is enough“ (en). Twitter. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  17. „Slavia filed criminal complaint for physical assault“. SK Slavia Praha. Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  18. „Slavia's Ondrej Kudela gets 10-game racism ban; Rangers Glen Kamara & Kemar Roofe also banned“. BBC News. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  19. „Glen Kamara: Rangers midfielder extends his contract at Ibrox until 2025“. Sky Sports (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  20. „Finland 0-2 Estonia“. Soccerway.
  21. „Glen Kamara tonight“. Twitter.com. Dundee Football Club.
  22. Jamieson, Stuart. „Sunderland reported target Glen Kamara makes big impression in UEFA Nations League“. Chronicle Live (2018-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  23. „Euro 2020 Group B preview: Full squads, players to watch, odds and chances“. Sky Sports (2021-yil 7-iyun). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  24. „Rangers top-flight champions for first time since 2011 after Celtic drop points“. BBC Sport (2021-yil 7-mart). Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  25. „Rangers 2-0 Hearts“. BBC Sport (2022-yil 21-may). Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  26. „Fraser Forster the hero as 10-man Celtic earn final victory over Rangers“. The Guardian (2019-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
  27. „Eintracht Frankfurt 1-1 Rangers“. BBC Sport (2022-yil 18-may). Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  28. Pirie. „Rangers dominate the PFA Premiership Team of the Year but Celtic trio make the grade“. Daily Record (2021-yil 17-may). Qaraldi: 2021-yil 18-may.