Anbiyo surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Glasniki vere (sura)dan yoʻnaltirildi)
Haj    21–sura   Toha
Anbiyo surasi — سورة الأنبياء
Qurʼon nusxalaridan biridagi Anbiyo surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 112, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 21, qora rangda - Anbiyo surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 73, 3. Rukuʼsi soni - 7; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:21, 3. Nozil boʻlish tartibi:73, 4. Rukuʼsi:7, 5. Oyati:112, 6. Porasi (Juzi):17 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Payg‘ambarlar[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 322–331[4]
Juz 17
Sura raqami 21
Oyatlar soni 112
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 7[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 73[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Haj surasi  Keyingisi 21 Oldingisi  Toha surasi
Nozil boʻlish tartibi
Moʻminun surasi   Keyingisi 73 Oldingisi  Ibrohim surasi
                                   

Anbiyo surasi (arabcha: سورة الأنبياء, nomining maʼnosi — Payg‘ambarlar[8][9]) — Qurʼonning 21-surasi. Makkiy suralardan biri, 112 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 322–331[10]-sahifasida va 17-juzida joylashgan. 73-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sura qiyomat soati yaqinlashib qolgani, odamlar esa u Kundagi hisob-kitobga hozirlanib, yaxshi amallar qilish oʻrniga gʻaflat uyqusiga gʻarq ekanliklari haqida xabar berish bilan boshlanadi. Soʻng oʻquvchi eʼtibori koinotdagi har bir mavjudotning oʻta nozik va aniq oʻlchov bilan yaratilib, yakkayu yolgʻiz Yaratgan tomonidan boshqarib turilishiga qaratiladi va yeru osmonda Allohdan oʻzga yana biron iloh boʻlsa, u oʻlchov va tartibga futur yetib, borliq buzilib ketishi aniq ekanligi taʼkidlanadi.

Bu surada Ibrohim paygʻambar va u zot bilan butparastlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan mojarolar xususida batafsil hikoya qilinib, oʻzini oʻzi himoya qilishga ojiz boʻlgan jonsiz but-sanamlar birovga yordam qilishi yoki ziyon yetkazishi amrimahol ekanligi uqtiriladi.

Yana bu surada Alloh taoloning paygʻambarlaridan Ishoq, Yaʼqub, Lut, Nuh, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Ismoil, Idris, Zul-kifl, Zunnun, Zakariyo va Iyso alayhis-salomlar toʻgʻrisida ham xabarlar vorid boʻlganki, suraning «Anbiyo — paygʻambarlar» deb nomlanishiga ham bois shudir.

Suraning nihoyasida Alloh taoloning soʻnggi paygʻambari hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning barcha olamga Allohning rahmat-marhamati boʻlib kelganlari zikr qilinadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

ANBIYO SURASI

Keyingisi: Haj surasi 21-sura — arabcha matni Oldingisi: Toha surasi