Kontent qismiga oʻtish

Giza muhofazasi

Giza muhofazasi

محافظة الجيزة
Muḥāfaẓah Al Gizah
Muhofaza
Skyline of Giza muhofazasi
Giza muhofazasi
Bayroq
Giza muhofazasi
Gerb
29°15′36″N 29°40′12″E / 29.26000°N 29.67000°E / 29.26000; 29.67000
Mamlakat Misr
Hukumat
 • Voliy Adel el-Naggar[1]
Maydon 13,184 km2 (5,090 kv mi)
Aholisi
 (2023-yil yanvar)
9 646 673[2]
Zichligi 731,70 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+2
Giza muhofazasi xaritada
Giza muhofazasi
Giza muhofazasi

Giza muhofazasi (arabcha: محافظة الجيزة‎‎, Muḥāfaẓah Al Gizah) — Misr muhofazalaridan biri. Mamlakat markazida, Nilning gʻarbiy sohilida, Qohiraning qarama-qarshisida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Giza shahri boʻlib, muhofaza nomi ham shu shahardan olingan. Hududga Nil vodiysining Giza atrofidagi chap qirgʻogʻi, shuningdek, sharqiy qirgʻoqning nisbatan kichik qismi (masalan, Gʻammoza al-Kubro va As-Saf) kiradi.

2011-yil 14-aprelda 6-oktyabr muhofazasi Giza tarkibiga qoʻshilgach, Giza Misr gʻarbiy choʻlining katta qismini, jumladan, Bahriya vohasini ham oʻz ichiga oladigan boʻldi. Giza muhofazasida Katta sfinks va Giza piramidalari ham joylashgan.

Gizada quyosh botishi

Ushbu muhofazada qashshoqlik darajasi 60% dan yuqori, ammo soʻnggi paytlarda moliyaviy yordam va ish oʻrinlari yaratish shaklida ijtimoiy himoya choralari koʻrilmoqda. Moliyalashtirish mamlakat Moliya vazirligi tomonidan va xalqaro tashkilotlar koʻmagida muvofiqlashtirilgan[3].

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhofaza munitsipal boʻlinmalarga ajratilgan boʻlib, 2023-yil yanvar holatiga koʻra umumiy taxminiy aholi soni 9 456 137 kishini tashkil etadi[4]. Giza muhofazasida shahar va qishloq hududlarini oʻz ichiga olgan bir qator aqsam va markaz mavjud. Baʼzan markaz va qism bir xil nomga ega boʻlishi mumkin.

Munitsipal boʻlinmalari
Oʻzbekcha nomiAsl nomiArabcha transliteratsiyasiAholisi
(2023-yil yanvar tax.)
Turi
Monshaat El Kanater مركز منشأة القناطر Monshaat Al-Anater nomaʼlum Markaz
Abu al-Namrasمركز أبو النمرسAbo Al-Namras410,656Markaz
Dokkiقسم الدقيAd-Duqqī76,180Qism (toʻliq shahar))
Piramidalarقسم الأهرامAl-Ahrām707,958Qism (toʻliq shahar))
Ajoʻzaقسم العجوزةAl-'Ajūzah299,064Qism (toʻliq shahar))
Al-Ayyotمركز العياطAl-'Ayyāṭ553,389Markaz
Badrashinمركز البدرشينAl-Badrashayn601,810Markaz
Al-Havamideyaقسم الحوامديةAl-Ḥawāmidiyah207,392Qism (shahar va qishloq qismlari)
Gizaقسم الجيزةAl-Jīzah306,861Qism (toʻliq shahar))
Gizaمركز الجيزةAl-Jīzah369,351Markaz
Al-Umroniyaقسم العمرانيةAl-'Umrāniyah393,104Qism (toʻliq shahar))
Al-Vohot al-Bahriyaقسم الواحات البحريةAl-Wāḥāt al-Baḥariyah43,501Qism (shahar va qishloq qismlari)
Al-Varroqقسم الوراقAl-Warrāq724,963Qism (shahar va qishloq qismlari)
Shayx Zayd shahriقسم الشيخ زايدAsh-Shaykh Zāyid97,406Qism (toʻliq shahar))
Ash-Shaffمركز الصفAṣ-Ṣaff469,172Markaz
Atfihمركز أطفيحAṭfīḥ414,488Markaz
Tolbiyaقسم الطالبيهAṭ-Ṭālbīah491,529Qism (toʻliq shahar))
Ossimمركز أوسيمAwsīm384,527Markaz
Buloq ad-Dakrurقسم بولاق الدكرورBūlāq al-Dakrūr1,030,958Qism (toʻliq shahar))
Imbobaقسم امبابةImbābah679,276Qism (toʻliq shahar))
Imbobaمركز إمبابةImbābah518,036Markaz
Kerdasaمركز كرداسةKirdāsah498,225Markaz
6-oktyabr (1)قسم أول 6 أكتوبررMadīnat Sittah Uktūbar 199,867Qism (toʻliq shahar))
6-oktyabr (2)قسم ثان 6 أكتوبرMadīnat Sittah Uktūbar 2210,859Qism (toʻliq shahar))
6-oktyabr (3)قسم ثالث 6 أكتوبرMadīnat Sittah Uktūbar 363,883Qism (toʻliq shahar))
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1996 4 784 095—    
2006 6 294 319+31.6%
20198 982 178+42.7%
2023 9 456 137+5.3%
manbalar:[5][6][4][2]

2015-yildagi aholi soni boʻyicha taxminlarga koʻra, muhofaza aholisining aksariyati shaharlarda istiqomat qilgan; urbanizatsiya darajasi 58,6% ni tashkil etgan. Muhofazada yashovchi taxminan 7 585 115 kishidan 4 446 805 nafari shaharlarda, 3 138 310 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qilgan[7].

2024-yildagi aholi soni boʻyicha taxminlarga koʻra, muhofaza aholisining (jumladan, Hani va Ratos aholisi) aksariyati shaharlarda istiqomat qiladi; urbanizatsiya darajasi 60,9% ni tashkil etadi. Muhofazada yashovchi taxminan 9 646 673[8] kishidan 5 874 824 nafari shaharlarda, 3 771 849 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi[4].

Sanoat zonalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Investitsiyalar va erkin zonalar boʻyicha boshqaruv organi (GAFI) maʼlumotlariga koʻra, Gizada quyidagi sanoat zonalari joylashgan[9]:

Sanoat zonasi
6-oktyabr sanoat zonasi
Abo Rwash sanoat zonasi
Al-Vohot sanoat zonasi

Muhim joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xeops piramidasi — Qadimgi dunyoning yetti moʻjizasidan biri boʻlib, har yili dunyoning turli burchaklaridan odamlar uni koʻrish uchun tashrif buyurishadi. U Giza piramidalari majmuasida joylashgan. Piramidalar yaqinida 2025-yilda Buyuk Misr muzeyi ochilgan.

Saqqoradagi Unas piramidasi
  • Abusir
  • Bahriya vohasi
  • Giza nekropoli
  1. ↑ „New governors take oath at Ittihadiya Palace-SIS“ (ar). Almasry Alyoum (2024-yil 19-avgust). 2025-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-avgust.
  2. 1 2 „ﻋـــﺩﺩ ﺍﻟﺳﻛــﺎﻥ ﺍﻟﺗﻘﺩﻳﺭﻯ ﻟﻸﻗﺳــﺎﻡ ﻓﻰ“. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  3. ↑ „Social Solidarity Ministry to provide citizens with disabilities financial support“. Egypt Independent (2017-yil 25-iyul). Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  4. 1 2 3 „Population estimates by governorate: CAPMAS“. www.capmas.gov.eg. 2018-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
  5. ↑ „EGYPT Administrative Division“. Citypopulation.de (2012-yil 8-yanvar). 2014-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-iyun.
  6. ↑ „State Information Services Population“. sis.gov.eg. 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  7. ↑ „Population Estimates By Sex & Governorate 1/1/2015“. CAPMAS. 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-oktyabr.
  8. ↑ „الجهاز المركزي للتعبئة العامة والإحصاء“. www.capmas.gov.eg. Qaraldi: 2024-yil 18-avgust.
  9. ↑ „Industrial Zones of Governorate“. Ministry of Investment Egypt. Qaraldi: 2025-yil 18-mart.