Gistogenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gistogenez (gisto... va genez) — ontogenezla koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalarining paydo boʻlishi, funksiyasi va qayta tiklanishini taʼminlaydigan filogenetik jarayonlar majmui. Toʻqimalar ontogenez jarayonida organizm rivojlanishining dastlabki davrlaridayoq muayyan embrion varaqlaridan proliferatsiya, oʻrin almashinish (morfogenetik harakatlanish) va b. jarayonlar natijasida vujudga keladi. G.ning muhim omili xilmaxil morfologik va fiziologik tipdagi hujayralarning paydo boʻlishiga va ularning organizmda muayyan qonuniyat asosida taqsimlanishiga olib keladigan determinlashgan hujayralarning ixtisoslashuvidan iborat. G.da baʼzan hujayralar oraligʻi moddasining hosil boʻlishi kuzatiladi. G.ga kirishgan hujayralar muayyan guruhlarga boʻlinadi: oʻziga oʻxshash hujayralarning ixtisoslashib yetishib chiqishiga yoki bunday hujayralarning oʻrnini toʻldirishga imkon beradigan asos soluvchi (ajdod) hujayralar; boshlab beruvchi (chala asos soluvchi), yaʼni ixtisoslashgan, lekin boʻlinish xususiyatini yoʻqotmagan hujayralar; ixtisoslashib yetishgan hujayralar. Postnatal davrda reparativ G. shikastlangan yoki qisman yoʻqotilgan toʻqimalarning qayta tiklanishidan iborat. G.dagi sifat oʻzgarishlari oʻsmalar paydo boʻlishi va oʻsishiga olib kelishi mumkin. G. gistologiyatlsh asosiy boʻlimlaridan biri hisoblanadi (yana q. Toʻkima, Toʻqima kulturasi).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil