Giromagnit chastota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Giromagnit chastota, siklotron chastotasi — zarralar (elektronlar, protonlar va b.) doimiy magnit maydoniga kiritilganda ularning shu maydon yoʻnalishi atrofida qiladigan aylanma harakati chastotasi. Bunda zarra impuls momenti (magnit momenti) ning vektori magnit maydon kuchlanganligining vektori atrofida burchak hosil etib (konus sirt chizib) tekis aylanma harakat qiladi (qarang Presessiya). Larmor teoremasiga asosan, aylanma harakat siklik chastotasi (yaʼni burchak tezligi) Q giromagnit nisbat G ga va magnit maydon kuchlanganligi N ga bogʻliq: Q. =GN. Magnitomexanik va bir qancha magnitooptik hodisalarni tushuntirishda ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil