Giribonchok madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Giribonchok madrasasi
Turi madrasa
Xarita

Giribonchok madrasasi Hoji Omonboy guzarida joylashgan bo‘lib, u ning 14 ta hujrasi bo‘lgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bemor talabalar ro‘yxatida unda taʼlim olayotgan mulla Xudoyberdi, mulla Ilyos rishta bilan og‘rigani va mulla Abdurahim kasal bo‘lgani qayd etilgan. Abu Abdurahmon Abdulloh ham uni madrasalar qatorida sanab o‘tgan. O. A. Suxareva bu o‘quv dargohini G‘oziyon guzarida Mirza Badi' madrasasi bilan bitta deb ko‘rsatgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 229.