Gipoderma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipoderma (gipo... va yun. derma — teri) — 1) umurtqasiz hayvonlarda yirik epitelial hujayralardan tashkil topgan tana devorining bir qismi. Toʻgarak chuvalchanglar G.si tashqi kutikula bilan ichki muskul qavatlari oraligʻida joylashgan. Boʻgʻimoyoqlilarda G. bir qavat teri epidermisidan iborat boʻlib, tana sirtida xitin kutikula hosil qiladi. Oʻrgimchaksimonlarning zahar, toʻr va hidli suyuklik ishlab chiqaradigan bezlari ham G.dan hosil boʻlgan; 2) koʻpchilik yuksak oʻsimliklar organlarining qoplovchi toʻqimalari ostida joylashgan hujayralarning bir yoki bir necha qavati. Oʻsimliklar G.sida suv yigʻilib turadi; baʼzi oʻsimliklar G.si tayanch va himoya funksiyasini bajaradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil