Gipertovush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipertovush - chastota yu si 10’1013 Gs gacha boʻlgan elastik toʻlqinlar spektrining yuqori chastotali qismi. G. boʻylama toʻlqin boʻlib, fizik tabiatiga koʻra ultratovush (yu=2-104—109 Gs)dan farq qilmaydi, lekin G. chastotasi nisbatan katta boʻlgani uchun u muhitdagi zarra va kvazizarralar bilan nisbatan kuchli taʼsirlashadi. G.ni koʻpincha kvazizarralar — fononlar oqimi deb qaraladi.

G.ning chastota sohasi elektromagnit toʻlqinlarning desimetr, santimetr va millimetr oraligʻiga, yaʼni oʻta yuqori chastotasi (OʻYUCH)ga toʻgʻri keladi. Shu sababli uning toʻlqin uzunligi qisqa (<\07 m) boʻlganligi uchun havoda (uncha katta bulmagan bosimdagi gazda) tarqalmaydi, suyuqliklarda esa yutilish kuchli boʻlgani uchun tarqalish masofasi kichik. Qattiq jismlarda, nuqsonsiz kristallar — monokristallarda, past temperaturalarda G. nisbatan yaxshi tarqaladi. Masalan, kvars monokristallining uqi boʻylab xona temperaturasida G. tarqalganda uning tebranish amplitudasi 1 sm masofada 2 martaga kamayadi.

G.— jism yoki modda atom (ion) yoki molekulalarining tebranma harakati tufayli, yaʼni tabiiy issiqlik harakati va sunʼiy uygʻotilgandagi harakati tufayli vujudga kelishi mumkin. Chastotasi IO9— 1013 Gs boʻlgan va issiqlik harakati tufayli vujudga kelgan toʻlqinlar issiqlik G.i yoki issiqlik fononlari deb ataladi. Bu toʻlqinlar, yaʼni G. optik bir jinsli muhitlarda yorugʻlikning sochilishiga va uning chastotasi oʻzgarishiga (Mendelshtam — Brillyuen-sochilishi), qattiq jismlarda esa 1012—1013 Gs chastotali G. rentgen nurlarining diffuznoy sochilishiga olib keladi.

G.ning suyuqliklarda tarqalish tezligi uning chastotasiga bogʻliqligi, (G. dispersiyasi), qator suyuqliklarda yutilish koeffitsiyentining nisbatan kichikligi (anomal holat) aniqlangan. G.ni hosil qilish uchun koʻpincha plastina shaklidagi rezonans pyezoelektrik oʻzgartirgichlar ishlatiladi. G.ning toʻlqin uzunligi qisqa boʻlgani uchun plastina kalinligi juda kichik boʻlishi kerak, buning uchun pyezoelektrik modda (mas, CdS, ZnS, ZnO va b.) plyonkalari tovush oʻtkazgichlarga vakuumda purkalib hosil qilinadi. Shu jumladan, pyezoelektrik kristall OʻYUCH li elektr maydoni taʼsirida pyezoelektrik deformatsiyalanishi natijasida G. hosil qilinadi. Deformatsiya chastotasi G. chastotasiga mos boʻladi. G. OʻYUCH magnit maydonida kristallarda magnitostriksiya hodisasi asosida ham hosil qilinadi. Yuqorida qayd qilingan usullarning f.i.k. juda kichik (bir necha %). Shuning uchun G.ni hosil qilish uchun lazerlar, oʻta oʻtkazgich asosidagi nurlatgichlar qoʻllaniladi. G.ning xususiyatlari uni modda xossalarini, ayniqsa, qattiq jismlar fizikasini oʻrganishda qoʻllashga, shu jumladan akustoelektronika va akustooptika qurilmalarini yaratishga imkon beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil