Gipertonik eritmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gipertonik eritmalar - osmotik bosimi odam, hayvon va oʻsimlik hujayralari ichidagi suyuqlikning osmotik bosimidan yuqori eritmalar. G. e. mikrobga qarshi taʼsir etganda toʻqimalar, jumladan, ayrim hujayralar (mikroblar) suvini yoʻqotib, bujmayib qoladi (qarang Plazmoliz) va ularning hayot faoliyati keskin pasayadi. G. e. gipotonik eritmalar va izotonik eritmalar bilan birga tirik toʻqima va hujayralardagi osmotik bosimni oʻlchash uchun qoʻllaniladi. Goʻsht, baliq va sabzavot mahsulotlari tuzlanganda osh tuzi G. e.i konservalovchi taʼsir koʻrsatadi. Yalligʻlanish jarayonlarini tuzatishda ham G.e.dan foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil