Giperemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Giperemiya (giper... va yun. haima — qon), qizarish — gavdaning maʼlum qismidagi arteriya yoki vena tomirlarining qonga toʻlishi. Tomir kengaytiradigan nervlarning taʼsirlanishi va tomir toraytiradigan nervlar faoliyatining susayishi natijasida nerv sistemasi funksiyasining buzilishi arterial G.ga olib keladi. Bunda zararlangan joyga koʻp qon oqib kelganligi uchun u qizaradi, shu joyda harorat koʻtariladi, hajmi kattalashadi. Kishi uyalganida yoki gʻazablanganida ham shunday qolat kuzatiladi. Yurak faoliyati buzilishi, venalar tiqilib qolishi, tomirlar innervatsiyayen buzilishi natijasida paydo boʻlgan venoz G.da zararlangan joy koʻkarib ketadi (sianoz), gohida shishadi. Baʼzan davolash maqsadida kompress, grelka va b. qoʻyilganda ham G. roʻy berishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil