Gimenofor
Qiyofa
Gimenofor (gimeniy va yun. Phoros — ega boʻlgan) — bazidiomitsetlarning gimeniyga ega boʻlgan mevali tanasi sirti. Tuban vakillarida G. silliq, yuksak bazidiomitsetlarda plastinkasimon yoki naysimon. Oraliq shakllari: tikansimon, burmali, qirrali, koʻndalang plastinkali va b. G. tuzilishining murakkablashuvi gimeniy yuzasining kengayishi (shunga muvofiq sporalar sonining oshishi) va gimeniyni mevali tananing pastki yuzasiga siljishi orqali sodir boʻlgan. Bu hol gimeniyni jarohatlanishdan himoya qilish imkonini beradi va sporalarning tarqalishiga qulaylik tugʻdiradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |