Gigantopiteklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Gigantopiteklar (Gigantopithe-cus) — qirilib bitgan yuksak primatlar urugʻi. G.ning suyak qoldiqlari (pastki va yuqori katta oziq, tishlari)ni birinchi marta 1935-yil Jan. Xitoyda erta pleyston qatlamlarida Gollandiya olimi Kengsvald topgan. Bu topilma kaynazoyning toʻrtlamchi davriga mansub. 1959-yilda Xitoy olimlari Pey Ven Chjun va Li ham Guansi viloyatidagi gʻorlardan G.ning uchta butun pastki jagʻlari va juda koʻp tishlarini topishgan. G.ning primatlar turkumidagi sistematik oʻrni toʻliq aniqlanmagan, baʼzi belgilariga kura G. pongidlarga, boshqa belgilari bilan gominidlarga yaqin. Baʼzi olimlarning fikricha, G. ikki oyoqda yerda yuradigan maymunlar boʻlgan, ammo tanasining keskin yiriklashuvi tufayli gominidlardan chetlashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil