Gidroxinon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidroxinon (1,4 digidroksibenzol), paradioksibenzol, S6N4(ON)2 —organik birikma, ikki atomli fenol, rangsiz kristall modda. Mol. m. 110,11. Suyuqlanish t-rasi 173,8—174,8° (barkaror a-modifika-siya), 169° (beqaror u-modifikatsiya), qaynash t-rasi 285—287°. Zichligi 1,36 g/sm3 (a-modifikatsiya), 1,325 g/sm3 (u-modifikatsiya). Issiq suv, spirt, efirda yaxshi, benzolda yomon eriydi. G.ning suvdagi eritmasi havoda oksidlanadi va qoʻngʻir tusga kiradi, ishqoriy muhitda oksidlanishi tezlashadi. Oksidlanganda xingidron va paraxinon hosil boʻladi. G. kuchli qaytaruvchi boʻlganligi sababli feling eritmasini sovuqda qaytara oladi. G.ni birinchi marta 1844 y. nemis kimyogari F. Vyoler xinondan olgan. Sanoatda G. quyidagi usullarda: 1) anilin sulfatni MpO2 yoki N2SgO4 ishtirokida para-benzoxi-nongacha oksidlab temir kukunining suvdagi aralashmasi bilan NaHgO3 ishtirokida kaytarib; 2) fenolni 900° da 70% li N2O2 bilan, 75% li N3RO4 yoki 65% li NSYU4 ishtirokida gidroksillab; 3) 1,4diizopropilbenzolni havo kislorodi bilan oksidlab va bisgidroperoksidni kislotali muhitda G. va atsetongacha gidrolizlab; 4) fenol va atseton taʼsir ettirib va hosil boʻlgan 4-izopropil-fenolni kislotali muhitda N2O2 bilan G. va atsetongacha oksidlab olinadi. Lab. sharoitida G. parabenzoxinonni SO2 ning suvdagi eritmasida kaytarish usuli bilan olinadi. G. fotografiyada, antioksidant, organik boʻyoqlar sanoatida yarim xom ashyo sifatida va analitik kimyoda turli elementlar hamda birikmalarni aniqlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil