Gidrotransforma tor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrotransforma tor -q. Gidrodinamik uzatma.

GIDROTURBINA,suv turbinasi —suvning mexanik energiyasi hisobiga valga aylanma harakat beradigan parrakli gidravlik dvigatel. Asosan GES larda elektr generatorlarki harakatga keltirish uchun qoʻllaniladi. Ishlash tarziga kura G. faol (aktiv) va (reaktiv) xillarga, ish gʻildiragi valining joylashtirilishiga koʻra, vertikal, gorizontal va qiya oʻrnatiladigan xillarga boʻlinadi. G.ning asosiy ish organi ish gʻildiragi. Faol G.da suv erkin oqimda ish gʻildiragiga soplo orqali, reaktiv G.da esa suv bosim ostida yoʻnaltiruvchi apparat orqali beriladi. Faol G.da ish gʻildiragiga keladigan va undan chiqadigan suv bosimi bir xilda (atmosfera bosimiga teng) boʻladi. Reaktiv G.da ish gʻildiragiga beriladigan suv bosimi atmosfera bosimidan ortiq, undan chiqadigan suvning bosimi esa atmosfera bosimidan ortiq yoki kam boʻlishi mumkin. Suv oqimining ish gʻildiragiga taʼsiri yoʻnalishi boʻyicha reaktiv G. oʻqaviy va radial-oʻqaviy xillarga, quvvatni rostlash usuli boʻyicha bir marta rostlanadigan va ikki marta rostlanadigan xillarga boʻlinadi. Faol G. koʻpincha kovshli qilib tayyorlanadi. Ular parsial va noparsial xillarga boʻlinadi. Parsial G.da suv ish gʻildiragiga bir yoki bir necha soplolar orqali keltiriladi va unda bir vaktning oʻzida ish gʻildiragining bir yoki bir necha parragi ishlaydi. Noparsial G.da suv bitta halqasimon oqimda beriladi va ish gʻildiragining barcha parraklari bir vaqtda ishlaydi. Yirik G.lar tezlikni avtomatik rostlash qurilmalari bilan jihozlanadi. Gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari va koʻtarilish suv elektr stansiyalarida nasos rejimida ham, turbina rejimida ham ishlaydigan nasos-turbina hamda dvigatel rejimida ham, generator rejimida ham ishlaydigan dvigatel-generatordan tashkil topgan gidroagregatlar qoʻllaniladi. Yangi G.ni yaratishdagi asosiy omillar: quvvatni oshirish, G.ni takomillashtirish, sifatini yaxshilash, uskunalarning puxtaligi va koʻpga chidamliligini oshirish va b.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil