Gidrotexnika betoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gidrotexnika Betonidan yoʻnaltirildi)

Gidrotexnika betoni -suvga chidamli ogʻir beton; doimo yoki vaqtvaqti bilan suvda yoki suvli muhitda boʻladigan inshootlarni qurishda ishlatiladi. G. b. suv oʻtkazmasligi, siqilish va kengayishga chidamliligi bilan boshqa tur betonlardan ajralib turadi. G. b. tayyorlash uchun portlandsement va uning turlaridan foydalaniladi. Toʻldiruvchi sifatida qum, shagal va mayda tosh ishlatiladi. G. b.ga har xil qoʻshimchalar (havoni tortuvchi, yumshatuvchi, zichlovchi va b.) qoʻshish bilan uning sifati oshiriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil