Gidrostatik tortish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidrostatik tortish - suyuqliklar va qattiq jismlar zichligini oʻlchash usuli. Arximed qonuniga asoslangan. Qattiq jismni ikki marta —dastlab havoda, soʻngra zichligi maʼlum boʻlgan suyuqlik ichida (odatda, distillangan suvda) oʻlchash (tortish) orqali shu jismning zichligi aniqlanadi. Birinchi oʻlchashda jism massasi aniqlanadi, har ikkala tortish natijalariga koʻra esa uning hajmi topiladi. Suyuqlikning zichligini aniqlash uchun uning ichiga massasi va hajmi aniq boʻlgan biror jismni (odatda, shisha qalqovuchni) tushirib, maxsus tarozida tortib koʻriladi. Qanday aniqdikda oʻlchash zarurligiga qarab, G. t. texnik, analitik yoki namuna (etalon) tarozida amalga oshiriladi. Ommaviy oʻlchashlarda aniqligi kichikroq, lekin ishlatish uchun qulay gidrostatik tarozidan (konstruksiyasini nemis kimyogari K. F. Mop 1849 yilda taklif qilgan) foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil