Gidrostatik paradoks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrostatik paradoks, gidrostatik zidlik —muayyan idishga quyilgan suyuqlikning ogʻirligi idish tubiga taʼsir qiladigan bosim kuchidan farq qilish hodisasi. Mac, yuqoriga tomon uchi kengayib boradigan idish tubiga taʼsir qiladigan bosim kuchi suyuqlikning ogʻirligiga nisbatan kichik; uchi torayib boradigan idishda esa, aksincha; katta, dumaloq (silindrik) idishda ikkala kuch bir-biriga teng boʻladi. Bunga sabab shuki, gidrostatik bosim" idish devorlariga tik (normal) taʼsir qiladi, qiya devorlarga taʼsir qiladigan bosim kuchi vertikal tashkil etuvchi kuchga ega boʻladi. Ana shu kuch idish 1 dagiga nisbatan idish 3 dagi ortiqcha suyuqlik hajmining va idish 2 dagi yetishmayottan suyuqdik hajmining oʻrnini qoplaydi. G. p.ni fransuz olimi B. Paskal 1654 y.da topgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil